Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 240 oilaga yigirma besh donadan jo‘ja tarqatildi
Illyustrativ foto
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2016 yilda parrandachilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 4 milliard 802 million so‘mlik 45 loyiha amalga oshirildi, 200 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Yil davomida barcha toifadagi xo‘jaliklarda 3 million 330 mingdan ziyod tovuq parvarishlanib, 240 million donaga yaqin tuxum yetishtirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Amudaryo tumanida umumiy qiymati 285 million so‘mlik 6 loyiha amalga oshirildi. Natijada qo‘shimcha ravishda 19 ming bosh parranda boqish imkoniyati yaratildi va 28 yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Ayni paytda tumandagi 8 parrandachilik sub'yektida 600 mingdan ziyod parranda parvarishlanmoqda. O‘tgan yili ularda 9 tonna parhez go‘sht, 185 ming dona tuxum va inkubatorlarda minglab jo‘ja yetishtirildi.
Xabarda aytilishicha, har bir oilada parranda bo‘lishini ta'minlash maqsadida 240 oilaga yigirma besh donadan jo‘ja tarqatilgan. Bu aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga, dasturxon to‘kinligini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
12:55 / 27.02.2026
Surxondaryoda 18 ta parrandachilik kompleksi va 30 ta asalarichilik loyihasi ishga tushiriladi
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025