O‘zbekiston | 16:22 / 13.03.2018
61226
1 daqiqa o‘qiladi

Bolalar bog‘chalari xodimlariga qancha haq to‘lanadi?

Foto: O‘zA

Vazirlar Mahkamasining 6.03.2018 yildagi 180-son qarori bilan Davlat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 28.02.2018 yildagi PQ–3571-son qarori bilan maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarining ish haqini 2 bosqichda: joriy yilning 1 martidan va 1 sentabridan oshirish nazarda tutilgan.  

Norma’ning yozishicha, ish haqi oshirilishini hisobga olgan holda, 1.03.2018 yildan MTM mudiri va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bazaviy tarif stavkalari quyidagicha:

Endi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat MTMlarining tarbiyachilarining yordamchilariga bazaviy tarif stavkasiga 50% miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Hujjat 7.03.2018 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid