Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekravotda boshlang‘ich sinflar uchun yangi maktab quriladi: ungacha yo‘l, ko‘prik, darvoza barpo etiladi
Urgut tumanidagi Bekravot mahallasida yashovchi fuqarolarning mahallada maktab yo‘qligi, mahallada yashovchi maktab yoshidagi bolalar qo‘shni mahallalarda joylashgan 2–5 kilometr uzoqlikdagi 110-, 65- va 47-maktablarga borishayotgani, qish faslida loy ko‘chalar va izg‘irinda ayniqsa kichik yoshdagi maktab bolalari o‘qishga qatnashga qiynalishayotganini bayon etilgan maqolalar Internet saytlarda e'lon qilindi.
Xususan, Urgut tuman hokimi M.Turdiyevning 2017 yil 15 dekabrda «O‘zbekiston ovozi» gazetasi tahririyatiga va Bekravot mahallasida yashovchi fuqarolarga kelgusi (2019) yil davlat dasturi asosida 1 ta yangi maktab qurilishi tushuntirilgan xati va jurnalist Farrux Hamroyevning mazkur muammoga bag‘ishlangan maqolasi e'lon qilindi.
Urgut tuman hokimining xatiga ko‘ra 2018 yilda Bekravotda maktab barpo etishga va'da qilingan esa-da, bu borada biror siljish ko‘zga tashlanmagani maqolada ta'kidlab o‘tilgan.
Yosh va havaskor jurnalistlardan biri yuritadigan saytlardan birida esa mazkur muammoga Samarqand viloyatiga hokim etib tayinlangan E.Turdimov o‘ziga ishonib topshirilgan vazifalarga panja orasidan qarab kelayotgani, bolalarning umidini chippakka chiqarayotgani, bolalar bir necha kilometr naridagi maktablarga qishning sovug‘ida qatnashga majbur bo‘lishayotgani ta'kidlab o‘tilgan.
Urgut tumani, darhaqiqat, respublikamizdagi eng yirik tuman hisoblanadi. Bu yerda qariyb 500 ming aholi istiqomat qiladi , 130 dan ziyod maktab, bir qancha filiallar faoliyat ko‘rsatmoqda. Tumanda shu yilning o‘zida 20 dan ziyod yangi maktablar barpo etish ko‘zda tutilgan. Ahvol Bekravotnikidan ham og‘irroq bo‘lgan hududlar mavjud. Shu sababli, Bekravotda barpo etilishi belgilangan yangi maktab 2018 yilgi investitsiya dasturga kiritilmasdan qolib ketgan. Bu dasturni esa Vazirlar Mahkamasi tasdiqlab beradi.
Biz 9 avgust kuni Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov, viloyat ta'lim sifati inspeksiyasi rahbari Manuchehr Mirzayev, Urgut tuman hokimi o‘rinbosari, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi mutaxassisi va Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri, mahalla fuqarolari yig‘ini raislari hamdan jurnalistlarlardan iborat guruh murojaat tushgan manzilda bo‘lib, vaziyat bilan yaqindan tanishdik. Mutasaddilar Bekravotni piyoda kezib chiqishdi.
Qayd etib o‘tish kerakki, shu vaqtgacha jurnalistlar voqeani joyiga kelib o‘rganishmagan. Ular masalani aholi murojaatlari asosida, sirtdan o‘rganib maqola yozishgan.
Ayni paytda Bekravot mahallasiga eng yaqin maktab — qo‘shni Beshkapa mahallasida joylashgan 47-umumta'lim maktabidir. Bu yergan Bekravotlik bolalarning aksariyati, qariyb 90 foizi — 357 nafari o‘qiydi. U mahalla chegarasidan 250 metr narida joylashgan. Bu maskan 870 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ikki smenada 1200 ga yaqin o‘quvchi ta'lim olmoqda.



Masalan, mahalla markazidan Zambarak qishlog‘idagi 110-maktabgacha 2200 metr. 110-maktabga Bekravotning Zambarakka yaqinroq joylashgan hududidan 40 nafar bolalar qatnaydi va maktabgacha masofa 900-1000 metrni tashkil etadi.
Savg‘on qishlog‘idagi 65-maktabgacha Bekravotdan roppa-rosa 2 km ekan va Bekravotdan bu maktabga 4 nafar o‘quvchi qatnaydi.


M.Mirzayevning aytishicha, ta'lim standartlariga ko‘ra, agar mahalladan maktabgacha masofa 3 kilometrdan ortib ketsagina mahallada yangi maktab qurilishiga ruxsat beriladi. Biroq Bekravotdan turlicha uzoqlikda bo‘lgan uchta maktabgacha bo‘lgan masofa 3 km ham chiqmaydi.
Yangi barpo etiladigan maktabni to‘liq pedagog-kadrlar bilan ta'minlash masalasi ham ko‘ndalang bo‘ladi. Bekravotliklar bilan suhbat asnosida ular qishloqda 40 dan ziyod turli fan o‘qituvchilari borligini ma'lum qilishdi va yangi maktabni pedagog-kadrlar bilan ta'minlashda muammo yuzaga kelmasligini ta'kidlab o‘tishdi.
Muammoni o‘rganish chog‘ida, Bekravotdan Beshkapadagi 47-maktabga borish uchun 25 avgust sanasiga qadar 250 metrlik tuproq yo‘lga shag‘al yotqizilishi, o‘sha yo‘ldagi maktab yaqinidagi ariq ustida ko‘prik barpo etish, Bekravotdan keluvchi yo‘lda maktab darvozasi ochilishi kerakligi belgilab qo‘yildi. Tuman hokimi M.Turdiyev va mazkur hudud uchun mas'ul bo‘lgan sektor rahbari — tuman prokurori U.Hamdamov belgilangan vazifalarni bajarishni o‘z nazoratiga olishlarini ta'kidlab o‘tishdi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov 2019 yilgi investitsiya dasturida Bekravotda 120 o‘rinli, boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan, 47-maktabning filialini qurish taklifi kiritilganini e'lon qildi. Yangi maktab kelgusida aholi sonining oshishini e'tiborga olib, qo‘shimcha binolar qurilib, uni to‘liq o‘rta maktabga aylantirish mumkinligi e'tiboridan loyihalashtirilishi ta'kidlab o‘tildi.
Bekravotlik ota-onalar bu taklifni mamnuniyat bilan qarshi olishdi. Mahalla oqsoqollari qishloq ahlining murojaatini bee'tibor qoldirmasdan, vaziyatni o‘z joyiga kelib puxta o‘rgangan mutasaddilarni duo qilib qolishdi.
Shuhrat Shokirjonov,
Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
11:51 / 18.12.2025
"Bu - birlamchi tibbiy xizmat tizimidagi katta muammolarning aksi" - Saida Mirziyoyeva Urgutdagi oilaviy poliklinikada bo‘ldi
12:00 / 04.12.2025
Samarqanddan Urgutga poyezd harakatlanmoqda - bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
16:11 / 27.11.2025
Urgutda narkosavdogar hamshira 10 yilga qamaldi
18:39 / 25.11.2025