Şu kunlarda Samarqanddan Urgutga poyezdlar harakatlanmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyevning 25 noyabrda Samarqandga taşrifi çoğida uşbu yönaliş amaliy işga tuşgani xabar qilingandi. Yangi temiryöl Urgut va atrof hududlar uçun uzoq kutilgan iqtisodiy va transport imkoniyatlarini oçdi.
Samarqand viloyatining yirik tumanlaridan biri - Urgutda 600 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Bu hudud yillar davomida Samarqand bilan faqat avtomobil va avtobus qatnovi orqali boğlangan, yuk taşiş va yölovçi qatnovidagi uzoq va qimmat yöllar iqtisodiy rivojlanişga tösiq bölib kelgan edi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi va taklifiga asosan joriy yilning fevral oyida “Özbekiston temiryöllari” AJ tomonidan Samarqand-Urgut yönalişi qurilişi boşlangan. Uşbu 55,4 kilometrlik uçastkada ikki vokzal - “Jartepa” va “Urgut”, ikki köprik, 110 ta sun’iy inşoot, 1,8 mln kub metr tuproq işlari va 58,3 km optik tolali aloqa liniyasi barpo etildi. Yönalişda temiryöl izlari yotqizildi, elektrlaştiriş va markazlaştirilgan boşqaruv tizimlari örnatildi.

Zarafşon daryosi qirğoğidan ötadigan qismida damba qurilişi, suv ötkaziş inşootlari va yöl kesişmalari ham tayyor. Yangi yönalişning qurilişi “Toştemiryölloyiha” MÇJ tomonidan işlab çiqilgan boş rejaga muvofiq, zamonaviy muhandislik yeçimlari asosida amalga oşirildi.
Yangi yönaliş ikki juft şaharlararo va töqqiz juft yuk poyezdi qatnovini ta’minlaydi. Yölovçi va yuk taşiş imkoniyati yillik 359 ming yölovçi va 8,2 million tonna yukni taşkil etadi. Bu esa Urgutdagi sanoat va savdo hududlari uçun uzoq kutilgan logistik imkoniyatlar oçadi.

Temiryölning işga tuşişi orqali hududdagi yuk taşiş tezlaşadi, mahsulotlar bozorlarga vaqtida va arzon yetadi, investorlar uçun qulayliklar yanada oşadi. Şu bilan birga yangi stansiyalar va vokzallar atrofida 130 ta yangi iş örni yaratilişi közda tutilmoqda.
Bundan taşqari, yönaliş içki turizmni rivojlantirişda ham muhim omil böladi. Urgut tarixi va madaniy merosi, dam oliş va ziyorat maskanlari bilan maşhur, endilikda turistlar uçun Samarqanddan qulay qatnov ta’minlanadi.














