Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Madaniy meros boşqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan boşqarma mutaxassislari tomonidan örganiş işlari olib borilgan. Örganişlar natijasida videoda aks etgan inşoot madaniy meros obektlari davlat röyxatiga kiritilmagani aniqlangan. Şuningdek, uşbu bino belgilangan tartibda muhofazaga olingan tarixiy yoki madaniy meros obekti hisoblanmasligi ma’lum qilingan.

Urgut tumani hokimligi axborot xizmati ham Kun.uz’ga holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi. Unga köra, tuman markazida joylaşgan mazkur bino 1992 yilda haşar yöli hamda homiylik mablağlari hisobidan namozgoh sifatida barpo etilgan. Biroq inşoot uzoq yillar davomida foydalanilmasdan kelingan.

Ma’lum qilinişiça, uşbu bino madaniy meros obektlari yoki tarixiy yodgorliklar röyxatiga kiritilmagan, davlat muhofazasida turmaydi hamda unga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylaştirilmagan. Şu bilan birga, inşoot joylaşgan yer maydoni Urgut tumani hokimligi zaxirasi hisobida turgan.

Hokimlikka köra, ayni paytda tuman markazida şaharsozlik qiyofasini yaxşilaş, transport oqimini tartibga soliş, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş hamda aholi uçun qulay şaroitlar yaratiş maqsadida infratuzilmani rivojlantiriş işlari olib borilmoqda. Mazkur rejalar doirasida bino belgilangan tartibda buzilib, yöl qismi kengaytirilişi va avtomobillar uçun qöşimça töxtaş joylari taşkil etilişi rejalaştirilgan.