Jahon | 20:40 / 14.09.2017
21924
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiyada efirga uzatiluvchi “Jdi menya” ko‘rsatuvi yopildi

Foto: Yevgeniy Gladin / TASS

Rossiyaning Birinchi kanali “Jdi menya” ko‘rsatuvini tayyorlash uchun “VID” telekompaniyasi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda telekanaldagi manbaga iqtibos keltirgan holda RBK nashri xabar bermoqda.  

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, avvalgi shartnoma muddati tugagan va tomonlar ko‘rsatuvning yangi boshlovchisi nomzodi bo‘yicha kelisha olishmagan. Ko‘rsatuvni olib borgan Aleksandr Galibin Birinchi kanal bilan kelishilmagan holda bo‘shatib yuborilgan, yangi nomzodlar esa telekanalni qoniqtirmagan.

“Ishlab chiqaruvchi va telekanal o‘rtasidagi nizo ko‘rsatuv boshlovchisi nomzodi xususidagi ijodiy kelishmovchiliklar bilan shartlangan”, deb ma'lum qildi boshqa bir manba.

“VID” va Birinchi kanal vakillari bu holatga izoh berishmagan.

“Jdi menya” ko‘rsatuvi bir-birlaridan turli sabablarga ko‘ra ayrilgan insonlarning yana topishishlarida ko‘mak ko‘rsatgan. U orqali minglab odamlar o‘z yaqinlari, do‘stlari, tanishlarini topishgan, ularni yana ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lishgan.

Mavzuga oid