Birinçi kanalning Axborot dasturlari direksiyasi rahbari Kirill Kleymenov telekanalning sobiq xodimi, efir vaqtida studiyaga uruşga qarşi plakat kötarib çiqqan Marina Ovsyannikovani xiyonatda aybladi. U 20 mart kungi dasturda şunday ayblov bildirdi.
Kleymenov aksiya rejalaştirilgan harakat bölganiga işora qilib, «sanoqli daqiqalar»dan keyin uning iştirokidagi kadrlar Ğarb naşrlari saytlarida paydo bölgani, advokat esa uni telemarkazga kirişda kutib turgani haqida aytgan.
Kleymenovning tasdiqlaşiça, aksiyadan biroz oldinroq Ovsyannikova telefon orqali «Angliya elçixonasi» xodimi bilan gaplaşgan. U bu ma’lumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmagan.
«Bizdagi ma’lumotlarga köra, bundan oldin Marina Ovsyannikova Angliya elçixonasi bilan gaplaşgan. Orangizda kim xorijiy elçixona bilan telefon orqali muloqot qilgan? Viza markazi bilan emas, aynan elçixona bilan. Masalan, menda heç qaçon bunday bölmagan.
Hissiy portlaş boşqa narsa, xiyonat — butunlay boşqa narsa. Biror kişi vataniga xiyonat qilsa, qat’iy kelişilgan mukofot uçun barçamizni, qariyb 20 yil yelkama-yelka işlagan odamlarini sovuqqonlik bilan, barçasini hisobga olgan holda sotadi <…> Xiyonat — hamişa insonning şaxsiy tanlovidir, odamni undan qutqara olmaysiz. Ammo barçasini öz nomi bilan ataş kerak», degan u.
Marina Ovsyannikovaning rasmiy sahifasi sifatida körsatilgan telegram kanalda Kleymenovning sözlariga munosabat paydo böldi: «Birorta söz töğri emas! Birorta söz!!! Men siz bilan işlaganimdan uyatdaman!!!»













