27 oktabr kuni Rossiya davlat dumasi "2017 yil va 2018-2019 yillarga rejalaştiriş davri uçun federal byudjyet töğrisida"gi Federal Qonunga özgartirişlar kiritişga doir qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qildi. RBKda aniqlik kiritilişiça, tuzatişlar, xususan, "Birinçi kanal" ("Pervyy kanal") AJga 3 milliard rubl qöşimça subsidiyani közda tutadi. Hujjatda körsatilişiça, bu mablağlar "dasturiy mahsulotni işlab çiqariş va xarid qiliş, u bilan teleefirni töldiriş va teletomoşabinlarga yetkaziş çora-tadbirlarini ta'minlaş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş"ga yönaltiriladi. 

Qonun loyihasini şarhlovçi xatda subsidiya şuningdek "Birinçi kanal" AJning joriy va xalqaro faoliyatini amalga oşiriş bilan boğliq olinmagan daromadlar"ni qoplaşni ham közda tutadi.  

Byudjyetga tuzatişlar kiritilgandan söng Bosma va ommaviy kommunikatsiyalar böyiça Federal agentlik ("Rospeçat") "Birinçi kanal"ga subsidiyalar taqdim etiş qoidalarini işlab çiqiş haqida ma'lum qildi. Juma kuni Normativ-huquqiy hujjatlar federal portalida şunga doir xabarlar paydo böldi. Qoidalar loyihasida aniqlik kiritilişiça, davlat tomonidan qöllab-quvvatlaniş "Birinçi kanal"ga "Televizion texnik markazi" FDUK bilan eşittirişlarni taşkil qilişga doir xizmatlarni taqdim etganlik uçun, "Rossiya televizion va radioeşittirişlar tarmoği" FDUK bilan 100 ming kişidan ortiq aholiga ega bölgan şaharlarda signal tarqatganlik uçun, "Kosmik aloqa" FDUK bilan taqdim etilgan aloqa kanallari uçun hisoblaşişga yordam beradi. Bundan taşqari, subsidiyalar "Birinçi kanal"ga kino- va telekontent namoyişi uçun huquq beruvçi litsenziya va şartnomalarni tölaş imkonini beradi. 

Idora vakili RBKning şunga doir savoliga javob bermagan.

Ta'kidlaş joizki, davlat "Birinçi kanal" AJning 51 foizini nazorat qiladi, "Rosimuşçestvo" — 38,9 foiz, "ITAR-TASS" FDUK — 9,1 foiz, «Televizionnyy texniçeskiy sentr» FDUK — 3 foiziga egalik qiladi.