Rossiya "Birinçi kanal"i boş direktori Konstantin Ernst 18 sentabr, çorşanba kuni teleboşlovçi Vladimir Pozner uzoq tanaffusdan söng "Turkça daftar" nomli yangi köp seriyali filmi bilan efirga qaytganini ma’lum qildi. Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan söng, "Pozner" mualliflik dasturi "Birinçi kanal"da efirga uzatilişini töxtatdi.
Keyinçalik jurnalistning özi uning dastur bilan "Birinçi kanal"ga qaytişi haqida "heç qanday gap" yöqligini va kanal faqat uning filmini namoyiş qilişini aytdi. "Bu ğalati xato, "Birinçi kanal" mening jamoam bilan suratga tuşgan filmni körsatadi, şekilli, ular menga heç narsa deyişmadi. "Birinçi kanal" mening muntazam dasturlar bilan qaytişim haqida heç qanday gap yöq", dedi Pozner jurnalist Oleg Kaşinga.
12 sentabr kuni Forbes naşriga bergan intervyusida jurnalist Ğarb telekanallari unga iş taklif qilganini, ammo u rad javobini bergani, çunki ular unga "Putin haqida, siyosat haqida va ma’lum bir tarzda gapiriş" şartini qöyişganini aytdi. Uşbu intervyudan söng Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Poznerni "öz mamlakatining işonçli vatanparvari" deb atadi.
Vladimir Pozner Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi haqida ilk bor 2023 yilning fevralida Amerikaning Ubiquity University'da bölib ötgan onlayn konferensiyada gapirgan. Öşanda u Rossiya prezidentining Ukrainaga hujum uçun javobgarligini tan oldi, biroq ayni paytda Ğarbni NATOni kengaytirişga intilayotganlikda aybladi hamda AQŞ prezidenti Jo Bayden göyoki Vladimir Putin bilan "mojaro qidirganini" aytdi.












