Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahrida yashovchi oilada to‘rt nafar egizak tug‘ildi
Egizaklarning barchasi o‘g‘il bola va ular sog‘lom tug‘ilgan. Bolalarning otasi Qarshidagi mahallalardan birida profilaktika inspektori yordamchisi vazifasida ishlaydi.
Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB JXX HPG Ravoq mahallasi profilaktika inspektorining yordamchisi Murod Toshnazarov to‘rt nafar egizak o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
M.Toshnazarov 31 yoshda bo‘lib, turmush o‘rtog‘i Maftuna Tosheva bilan 2019 yil oktyabr oyida turmush qurgan.
Maftuna Tosheva joriy yil 7 sentabr kuni Toshkent shahridagi Respublika perinatal markazida 4 nafar o‘g‘il egizaklarni dunyoga keltirgan. Egizaklarning barchasi sog‘lom tug‘ilgan.
Ma’lumot uchun, to‘rt nafar egizak tug‘ilishi juda kamyob holat hisoblanadi. O‘zbekistonda bunday holat har yili bir yoki ikki marta sodir bo‘ladi.
So‘nggi marta to‘rt nafar egizak 2022 yil 29 oktyabr kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgandi.
Mavzuga oid
16:05 / 08.12.2025
To‘qqiz qizli Jasur - to‘rt egiz tug‘ilgan xonadondan reportaj
09:33 / 15.06.2025
Qashqadaryoda o‘zini profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqarodan pul olayotgan shaxs ushlandi
15:46 / 12.01.2025
Qashqadaryoda maktabga mashina minib kelgan o‘quvchiga chora ko‘rildi
16:36 / 20.12.2024