Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda to‘rt nafar egizak dunyoga keldi
Egizlarning ikki nafari qiz, ikki nafari o‘g‘il bola.
2022 yil 29 oktabr kuni viloyat perinatal markaziga Samarqand tumani, Xo‘ja Ahror Vali mahallasida yashovchi Mehribon Tohirova kelgan.
Tekshiruvlar davomida homilador ayol to‘rt nafar egizak kutayotgani aniqlangan. Shifokorlar tug‘uruqni jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirishga qaror qilishgan.
2022 yil 2 noyabr kuni ikki nafar qiz, ikki nafar o‘g‘il bola jarrohlik yo‘li bilan dunyoga kelgan.
Qizlar 1860 va 2060 gramm, o‘g‘il bolalar 2090 hamda 1800 gramm og‘irlikda tug‘ilishgan.
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli tugatilib, ayolning umumiy ahvoli o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotiga mos bo‘lib, unga barcha kerakli muolajalar davom ettirilmoqda.
“2 noyabr kuni amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotida ikki o‘g‘il va ikki qiz egizak tug‘dirib olindi. Hozirda ona va bolalarning umumiy holati qoniqarli. Chaqaloqlar markazning chaqaloqlar bo‘limida nazoratda”, — degan Samarqand viloyati perinatal markazi direktori Lola Hamroyeva.
Avvalroq, Toshkent shahrida to‘rt nafar egizak tug‘ilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:51 / 18.02.2026
Tuman sabab Istanbul-Toshkent reysi Samarqandga yo‘naltirildi
20:30 / 14.02.2026
Samarqandda bojxonachilar salkam 800 gramm opiy yashirilgan "jonli konteyner"larni to‘xtatib qolishdi
20:33 / 12.02.2026
Samarqanddagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi
10:48 / 12.02.2026