Qarşi şahridagi xonadonda erkak va uning uç farzandi vafot etgani holati yuzasidan tergovga qadar tekşiruv davom etmoqda, deya ma’lum qildi Boş prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, sud-tibbiyot ekspertizasi marhumlarning ölimi “is gazidan ötkir zaharlanişdan” kelib çiqqanini körsatgan.

“Tekşiriş davom etmoqda”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq “Hududgazta’minot” kompaniyasi Kun.uz'ga holat böyiça axborot berib, fojianing gaz yoki is gazi bilan boğliq bölişi mumkinligini “ehtimoldan yiroq” deb baholagandi.

“Mutasaddi xodimlar iştirokida tekşirilganda yertölada örnatilgan 2 dona isitiş qozonlarining dudburonlarini bir-biriga boğlaniş joyi oçiq holatda ekani, xonadonning yertölasida joylaşgan isitiş qozonining işlaş jarayoni tekşirilib körilganda, tabiiy gaz bosimi bir me’yorda ekani, gazoanalizator bilan körilganda xonada gaz sizib çiqişi holatlari yöqligi, dudburonning tortiş kuçini gugurt yordamida tekşirilganda tortiş kuçi borligi aniqlandi”, – deya ma’lum qilgandi gaz ta’minoti idorasi.

Boş prokuraturaning birlamçi axborotida esa, uy yertölasida örnatilgan zamonaviy ikki konturli isitiş qozoni mörisining umumiy ventilyatsiya mörisiga ulangan qismidan is gazi çiqqani ta’kidlangan edi.

Eslatib ötamiz, hodisa Qarşi şahridagi uylardan birida 17 dekabr kuni tuşdan keyin sodir bölgan. Voqea oqibatida 46 yoşli erkak va uning 18, 16 va 10 yoşda bölgan uç farzandi halok bölgan.