O‘zbekiston | 18:20 / 16.01.2017
22196
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati hokimining virtual qabulxonasi ish boshladi

Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning virtual qabulxonasi o‘z ishini boshladi. 

Endilikda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yoki muammolar yuzasidan ariza, shikoyat va takliflarini murojaat sifatida viloyat hokimining murojaat.ferghana.uz elektron manziliga yuborishlari yoki “1088” qisqa telefon raqami orqali yetkazishlari mumkin

Ma'lumki, shu kungacha viloyat hokimi ishonch telefoni hamda sayyor qabullari orqali aholining murojaatlarini joyida o‘rganib, hal etayotgani haqida axborotlar berilgandi. 

Virtual qabulxonaning tashkil etilishi esa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda murojaat etishdagi imkoniyatlar ko‘lamini yanada kengaytirdi. 

Shuningdek, ushbu virtual qabulxona sahifasiga viloyatning barcha shahar-tuman hokimliklari manzillari va ishonch telefonlari haqidagi axborotlar ham joylashtirilgan. Virtual qabulxonaga yuborilgan murojaatlarning qanday hal etilganligi haqida veb sayt orqali xabardor bo‘lish mumkin.

Mavzuga oid