Paxta-töqimaçilik klasterlari fermerlarga yetiştirilgan paxta uçun yil boşida tuzilgan şartnomalardagi narxda tölov qilişni istamayapti. Bunga jahon bozorida paxta xomaşyosi arzonlaşgani vaj qilib körsatilmoqda. Joylarda fermerlar klaster bilan tuzgan şartnomalarni özgartiriş böyiça “ixtiyoriy-majburiy” tarzda qöşimça şartnomalar tuzişga majburlanmoqda.

Kun.uz'ga kelib tuşgan audioyozuvda Surxondaryo viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği Rahmatullo Ğafforov tumanlardan birining hokimiga şu mazmunda topşiriq berganini eşitiş mumkin. Amaldor Toşkentdan “blanka” taşlab berilganini aytib, fermerlar unga imzo qöyib berişi zarurligini ta’kidlagan.

“Hokim buva, hozir Toşkentdan, birja tomonidan blanka taşlab berildi. Ertaga 100 foiz fermer xöjaliklari yiğilişda qatnaşişi şart. Hamma fermer yiğilganida, şu blankaga peçat bostirib, bir tarafiga imzo qöydirib berişi kerak. Vazirlar Mahkamasining yangi çiqqan 574-sonli qarori ijrosi mana şu bilan bölib ketadi. Qaytadan 6800 sömdan böladi, ustiga davlat subsidiya beradi, 1000 söm qöşilganidan keyin 7800 söm böladi.  Oldingi tuzilgan, 8000-9000 sömdan sotilgan hammasi 100 foiz bekor böladi”, – degan QXB boşliği.

Kun.uz muxbiri Telegram'da bu ovozli xabarni yöllagan “Gapparov Raxmatulla” nomli akkauntga biriktirilgan +998 9x-xxx-22-26 telefon raqamiga qönğiroq qildi. Göşakni Rahmatulla Ğafforov kötardi va özini taniştirgan muxbirga “Ğaniyevning videoyiğilişida ötirgani”ni, “undan çiqib boğlanişi”ni aytdi. U katta ehtimol bilan davlat rahbarining agrar rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi Şuhrat Ğaniyevni nazarda tutgan.

Rahmatullo Ğafforov audioda aytib ötgan Vazirlar Mahkamasining 574-sonli qarori bilan Özbekistonda fermerlar va klasterlar örtasida paxta xomaşyosini yetiştiriş böyiça yil boşida tuzilgan şartnomalarga qöşimça kelişuvlar tuzilmoqda.

Yil boşida 2024 yil hosilidan birinçi nav ikkinçi sinf bir tonna paxta xomaşyosining boşlanğiç fyuçers narxi, jahon bozoridagi oxirgi 12 oylik örtaça kotirovkalardan kelib çiqib,