Olti nafar maslahatçi lavozimi qayta taşkil etilgan, şuningdek oltita departament tuzilgan. Administratsiya rahbari örinbosari lavozimlari tugatilgan.
Quyidagilar prezident farmoni bilan prezident maslahatçilari etib tayinlandi:
– Ravşan Ayuboviç Ğulomov prezidentning iqtisodiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga (bungaça prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisi edi);
– Alişer Saidabbasoviç Sultonov prezidentning energetika xavfsizligi masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga (bungaça prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari böyiça maslahatçisi edi);
– Şuhrat Madaminoviç Ğaniyev prezidentning agrar rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga (bungaça prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari edi);
– Muzaffar Murotoviç Komilov prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga (bungaça prezidentning jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi edi);
– Ğofurjon Ğaniyeviç Mirzayev prezidentning kadrlar siyosati masalalari böyiça maslahatçisi – prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktori lavozimiga (bungaça prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi edi);
– Doniyor Baxtiyoroviç Qodirov prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlangan (bungaça prezidentning şu yönaliş böyiça maslahatçisi örinbosari edi, maslahatçi lavozimi vakant turgandi).
Quyidagilar departament rahbarlari lavozimiga tayinlangan:
– Komil Ismoiloviç Allamjonov Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimiga (bungaça Prezident administratsiyasi rahbari örinbosari edi);

















