Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahri kompleks rivojlantiriladi
Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatining Andijon shahrini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha, respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha obektlariga tashrif buyurish orqali Andijon viloyati Andijon shahrida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kompleks o‘rganib chiqilgan;
Andijon viloyati Andijon shahrida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla, shahar va viloyat darajalarida hal etilishi talab qilinadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Hujjat bilan quyidagilar:
2018-2019 yillarda Andijon shahrida kafolatli ish o‘rinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati;
2019 yilda Andijon shahrida turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi mumkin.
Andijon viloyati hokimligi:
manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta'minlasin va bunda investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutadi;
muammoli masalalarni ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va zarur amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.
Andijon viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Andijon viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining Andijon shahar “Jome” me'moriy majmuasining bo‘sh binosida “Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi huzuridagi Milliy qo‘g‘irchoqlar galereyasini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Milliy qo‘g‘irchoqlar galereyasini xalqaro turizm yarmarkalarida targ‘ibot qilish hamda milliy turizm marshrutlariga kiritish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish tavsiya etiladi.
Andijon shahar hokimligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda Andijon shahar “Qoratut” MFYda 1000 kv. metr maydonda joylashgan binodan foydalangan holda “Yoshlar mehnat guzari” majmuasini mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etsin hamda mazkur obektni qurishda davlat-xususiy sherikchiligi asosida investorlarni jalb etgan holda 2019 yil yakuniga qadar foydalanishga topshiradi.
Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yilda Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi tomonidan umumiy o‘rta ta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda mobil-muzey ko‘rgazmalarini o‘tkazish yuzasidan takliflariga rozilik berilishi mumkin. Bunda:
yurtimiz tarixi, milliy qadriyatlari va an'analarini o‘zida aks ettiradigan eksponatlarni namoyish etish orqali yoshlarga vatanparvarlikni singdirish, ajdodlar merosiga hurmat bilan yondashish xislatlarini uyg‘otish;
mamlakatning hamda xorijiy davlatlarning tarixiy, etnografik, san'at muzeylarida saqlanayotgan madaniy yodgorliklar haqida axborot yetkazish, ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan alohida hissasi to‘g‘risida tasavvur paydo qilishga imkon beradigan innovatsion axborot-texnologiya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
22:14
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026