Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahar hokimi bilan radarlar masalasida “o‘chakishgan” podpolkovnik boshqa ishga o‘tkazildi
Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Mansur Gaziyev Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayevning noqonuniy radarlarni olib tashlash haqidagi xatiga uning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgani bilan javob qaytarib, OAV e’tiboriga tushgandi.
Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyev boshqa lavozimga o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mansur Gaziyev Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Andijon viloyati IIB matbuot xizmati buni Kun.uz’ga tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, Mansur Gaziyev ushbu lavozimda ish boshlaganiga 2 kun bo‘lgan.
Mansur Gaziyev avvalroq Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev bilan noqonuniy radarlar masalasida xat almashgani bilan OAV e’tiboriga tushgandi. O‘shanda Anvar Otaxo‘jayev Mansur Gaziyevdan belgilangan me’yorlarga zid ravishda o‘rnatilgan fotoradarlarni olib tashlashni so‘ragan. Hokim noqonuniy radarlar aholida norozilik kayfiyati ortishiga sabab bo‘layotganini bildirgan.
Mansur Gaziyev esa hokimning xatiga javoban uning xizmat mashinasi 2024 yil va joriy yilda jami 47 ta qoidabuzarlik sodir etganini ma’lum qilgan. Podpolkovnik javob xatida hokimdan Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari hokimliklari tasarrufidagi mashinalar tomonidan sodir etilayotgan surunkali qoidabuzarliklarni tanqidiy muhokama qilishini hamda muddati o‘tgan jarimalarni undirishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
Mavzuga oid
11:10 / 16.01.2026
Namanganda tezkor tadbirlarda qariyb 21 kg “gashish” muomaladan olindi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025