Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Sohada tizimli muammolar bor” – Raqobat qo‘mitasi aholidan suyultirilgan gaz uchun 2,2 mlrd so‘m asossiz haq olinganini aniqladi
Raqobat qo‘mitasiga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha qariyb 19,5 mingta murojaat kelib tushgan va jami 2,2 mlrd so‘m atrofida asossiz haq olinganligi aniqlangan. Qo‘mita ortiqcha undirilgan pullar qayta hisob-kitob qilinayotganini ma’lum qildi. Avvalroq, Prezident suyultirilgan gaz yetkazib berishda uzilish kuzatilayotgani uchun mas’ullarni ogohlantirgandi.
Foto: Kun.uz
Raqobat qo‘mitasiga 2025 yilning o‘tgan davrida gaz yetkazib berish bilan bog‘liq iste’molchilaridan jami 19 487 ta murojaat kelib tushgan. Qo‘mitaning ta’kidlashicha, bu raqamlar sohada tizimli muammolar borligini ko‘tsatadi.
“Hududgazta’minot” AJ hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri AJning bo‘ysunuvida bo‘lgan korxonalarda o‘rganish ishlari o‘tkazilganda o‘tgan davrda respublikaning beshta viloyatida aholiga tarqatilgan maishiy gaz ballonlarida suyultirilgan gazning og‘ir qoldiqlari (kondensat) hajmi jami 1,5 ming tonnani tashkil qilishi aniqlangan. Bunda:
- Navoiyda - 92,9 tonna,
- Surxondaryoda - 490,2 tonna;
- Qashqadaryoda - 371,3 tonna;
- Farg‘onada - 370,5 tonna;
- Buxoroda - 175,6 tonna.
Ma’lum bo‘lishicha, buning hisobiga iste’molchilardan jami 2,2 mlrd so‘m atrofida asossiz haq olingan.
Xususan, Navoiy viloyatida “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali tomonidan gaz ballonidagi jami 92,9 tn og‘ir qoldiq suyuqlik miqdorlari uchun iste’molchilardan 125,4 mln so‘mlik ortiqcha mablag‘lar olinganligi aniqlangan.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan 79 ta iste’molchidan 125,7 mln so‘mlik ortiqcha hisoblangan hamda gaz ballonlaridagi jami 490,2 tn og‘ir qoldiq suyuqlik miqdorlari (kondensat) uchun iste’molchilardan 640,3 mln so‘mlik, jami 766, 0 mln so‘m ortiqcha mablag‘ olinganligi aniqlangan.
“Ushbu holatlar bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi tomonidan hududiy gaz ta’minoti korxonalari bu xizmatlarni ko‘rsatishda qonunchilik talablari buzilganligi holatlari mavjudligi sababli, iste’molchilarga ortiqcha olingan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish choralari ko‘rilmoqda”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev suyultirilgan gaz yetkazishdagi muammolar bo‘yicha rahbarlarni ogohlantirib, ularni hal qilish uchun ikki hafta muhlat bergandi.
Suyultirilgan gaz yetkazishda 60-70 kunlab uzilish kuzatilayotgani, ayniqsa, Andijon va Surxondaryoda murojaatlarning 70 foizi shu masala bilan bog‘liqligi ma’lum qilingandi.
“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi? Rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish: bu masalaga ikki haftada yechim topsin, bo‘lmasa o‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin”, - degandi prezident.
Mavzuga oid
20:23 / 25.12.2025
5 ta qurilish kompaniyasiga 6,7 mlrd so‘mni iste’molchilarga qaytarish yuklatildi
11:11 / 23.12.2025
Asossiz qimmatlashuvning oldi olinadi: yirik supermarket tarmoqlari ogohlantirildi
13:28 / 17.12.2025
Raqobat qo‘mitasi o‘quv markazlarini ogohlantirdi (ro‘yxat)
19:31 / 10.12.2025