Raqobat qömitasi va uning hududiy boşqarmalariga fuqarolardan avtomobillar xaridi, yetkazib berilişi va kafolatli servis xizmatlariga doir kelib tuşgan murojaatlar körib çiqilib, qator holatlarda iste’molçilar manfaati himoya qilinmoqda.
Buxoro viloyatida yoqilği sifati bilan boğliq holat örganilib, fuqaroning “Narzulloobod Javohiri” XK yonilği quyiş şoxobçasidan olgan 10 litr AI-95 benzini sabab avtomobilida nosozlik kelib çiqqanligi ma’lum böldi. Servis xulosasi asosida korxonaga nisbatan iş qözğatilib, iste’molçining 14,4 mln sömga yaqin zarari qoplanişi ta’minlandi.
Jizzax viloyatida Samarqand viloyati fuqarosining Jizzax Avto Savdo MÇJdan xarid qilingan Chevrolet Tracker Premier Plus avtomobili motorida nuqson aniqlangani böyiça murojaati körib çiqildi. Natijada avtosalon tomonidan nuqsonli avtomobil örniga xuddi şu narxdagi yangi avtomobil taqdim etilişi ta’minlandi.
Qaşqadaryo viloyatida Ğuzor tumani fuqarosi Favorite-Cars-Service MÇJga 27.01.2025 kuni tölov qilganiga qaramay, Cobalt avtomobili belgilangan muddatda yetkazilmagani yuzasidan murojaat qilgan. Örganişlar natijasida 10 oy kutilgan avtomobil fuqaroga yetkazib berilişi ta’minlandi.
Navoiy viloyatida BILLUR AVTO SAVDO NAVOIY MÇJdan xarid qilingan ONIX avtomobilining old eşik qoplamasida nuqsonlar borligi va akkumulyatori nosozligi haqidagi murojaat örganildi. Natijada nuqsonlar bartaraf etildi va akkumulyator yangisiga almaştirilişi ta’minlandi.
Samarqand viloyatida 2025 yil 3 noyabrda Cobalt avtomobili uçun töliq tölov qilingani, biroq avtomobil öz vaqtida yetkazilmagani aniqlandi. Natijada avtosalon tomonidan Cobalt avtomaşinasi qisqa muddatda fuqaroga topşirilişi ta’minlandi.
Surxondaryo viloyatida Termizlik fuqaroning 173 mln sömlik Chery avtomobilida qisqa muddatda nosozlik yuzaga kelgani va ta’mirlanmayotgani haqidagi murojaati körib çiqildi. Natijada avtomobil avtosalon tomonidan töliq ta’mirlab berildi.
Toshkent viloyatida kafolatdagi KIA Sonet avtomaşinasida texnik nosozlik aniqlanib, ta’mirlaş uçun 840 ming söm talab qilingani yuzasidan murojaat örganildi. Natijada Qibray Avto Markaz MÇJ tomonidan avtomaşina moyi va filtri bepul yangisiga almaştirib berilişi ta’minlandi.
Toshkent şahrida Çinoz tumanida yaşovçi fuqaroning TOSHKENT DEU MÇJdan xarid qilgan Damas-2 D2 Style Plus avtomobilida nuqsonlar borligi va sifatlisiga almaştirişda muammolar yuzaga kelgani haqidagi murojaati örganildi. Natijada nuqsonli avtomobil fuqaroga xuddi şu rusumdagi yangisiga almaştirib berilişi ta’minlandi.













