Qömita ma’lum qilişiça, “Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit” kabi savdo tarmoqlariga yetkazib beruvçi korxonalar tomonidan narxlarni özgartiriş, logistika xarajatlari oşişi va narx kötarilişiga olib kelişi mumkin bölgan boşqa omillar töğrisida qömitani tezkor xabardor qilib boriş talabi qöyilgan.

Şuningdek, çakana savdo tarmoqlari yetkazib beruvçilarni asossiz ravişda narxlarni oşirişga yöl qöymaslik böyiça ogohlantirib borişi, narx şakllanişida şubhali holatlar kuzatilganda ular yuzasidan tegişli çoralar körilişi lozimligi ta’kidlangan.

Raqobat qömitasi qayd etişiça, yangi yil arafasida aholi uçun muhim mahsulotlar böyiça narxlar barqarorligi saqlanişi bozordagi soğlom raqobat va iste’molçilar manfaatlarini himoya qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.