Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Britaniya tankerining ushlanishi tasvirlangan videoni namoyish etdi
(Foto: Hasan Shirvani / EPA / TASS
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Britaniyaning Stena Impero tankeri ushlanishi videosini tarqatdi. Tasnim agentligi namoyish etgan videoda tanker yonida Eron bayrog‘i ostidagi katerlar suzayotgani, tankerga vertolyotdan harbiylar tushayotganini ko‘rish mumkin.
Tasvirda shuningdek, Eron harbiylarining F-236 Britaniya kemasi ekipaji bilan muzokaralari ham taqdim etilgan. Eronliklar operatsiya o‘tkazayotgani va tankerni nazoratga olganliklari haqida ogohlantirishgan. Britaniya harbiy kemasi ekipajiga vaziyatga aralashmaslik tavsiya qilingan.
Stena Impero tankeri ushlangan vaqtda Buyuk Britaniyaning F-236 Montrose fregati Hurmuz bo‘g‘ozida, tankerdan bir soatlik masofada bo‘lgan.
Buyuk Britaniyaga qarashli tanker Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan 19 iyulda ushlangandi. Tehronning ta'kidlashicha, tanker baliqchilik kemasi bilan to‘qnashgani va halokat signaliga javob bermagani uchun ushlangan.
Mavzuga oid
08:30
Tramp «arab davlatlari iltimosi bilan» Eronga yangi hujumni ortga surganini aytdi
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
22:24 / 18.05.2026