AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba kuni Eronga rejalaştirilgan yangi zarbani Fors körfazi davlatlarining iltimosiga köra keyinga qoldirayotganini, çunki «hozir jiddiy muzokaralar olib borilayotgani»ni aytdi.
«Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud va BAA prezidenti Muhammad bin Zaid Ol Nahayyon mendan Eronga qarşi ertaga rejalaştirilgan hujumimizni qoldirişni söradi, çunki hozir jiddiy muzokaralar ketmoqda va ularning buyuk rahbar hamda ittifoqçi sifatidagi fikriga köra, kelişuvga erişiladi», – deya yozgan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Tramp uni AQŞ uçun «mutlaqo ma’qul» hisoblanadigan kelişuv tuzilişi ehtimoli haqida xabardor qilişganini aytib, «Eronda yadro quroli bölmasligi»ni qöşimça qilgan.
«Uşbu rahbarlarga bölgan hurmatim yuzasidan men Pentagon rahbari Pit Hegset, Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi Den Keyn va AQŞ qurolli kuçlariga ertaga Eronga hujum qilinmasligi böyiça körsatma berdim. Ammo şu bilan birga, agar maqbul kelişuvga erişilmasa, birinçi buyruq bilan Eronga qarşi töliq miqyosli keng qamrovli hujum boşlaşga tayyor turişni topşirdim», – deya izohlagan Tramp.
U kelişuv Eronning yadro quroliga ega bölmasligini nazarda tutişi lozimligini ta’kidlagan.
Eron Trampning sönggi bayonotlari yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.
Sönggi kunlarda Trampning ritorikasi keskinlaşişi fonida AQŞ va Isroil Eronga qarşi harbiy kampaniyani qaytadan boşlaşga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlar paydo bölgandi.
Xususan, AQŞ prezidenti «Eron uçun vaqt ötib borayotgani va ular şoşilişi kerakligi, aks holda ulardan heç narsa qolmasligi»ni aytib, Tehronga zarbalarni qayta boşlaş bilan tahdid qilgandi.
Agar Eron öz pozitsiyasini özgartirmasa, AQŞ muzokaralarni «bombalar yordamida» davom ettirişga majbur böladi, deb yozgan Axios naşri AQŞ rahbariyatidagi yuqori martabali manbaga tayanib.
Isroil va AQŞ harbiylari 28 fevral kuni Eronga havo hujumlarini boşlagan, bunga javoban Tehron Fors körfazi mamlakatlaridagi Isroil va Amerika nişonlarini dron va raketalar bilan öqqa tutgandi.
Aprel oyiga kelib «muzokaralarni osonlaştiriş uçun» vaqtinçalik sulh tuzildi, otaşkesim vaqti-vaqti bilan buzilib turgan bölsa-da, töliq bekor bölmadi.
Eron Hörmuz böğozini nazorat qilişda davom etmoqda va dunyodagi neft va suyultirilgan gaz yetkazib berişning taxminan 20 foizi ötadigan uşbu hayotiy muhim suv yölini amalda yopib qöygan. Tehron butun dunyoda neft narxi keskin oşişiga olib kelgan bu qadamni AQŞ va Isroilning hujumlariga javob deb atagan.













