Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etish tartibi o‘zgaradi
Yo‘l harakati qoidalari buzilishini aniqlash va rasmiylashtirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartishlar taklif etildi.
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, Yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibiga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Hujjatga muvofiq, yo‘l qoidabuzarliklarini aniqlashda mobil qurilmalardan foydalanish tartibi aniq belgilab beriladi. Shuningdek, ko‘chma fotoradarlar va mobil komplekslar orqali qoidabuzarliklarni qayd etish mexanizmlari takomillashtiriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, YPX xodimlari qoidabuzarlikni aniqlaganda, avval haydovchiga uning mohiyatini tushuntirishi, so‘ngra hujjatlarni tekshirib, tegishli choralar ko‘rishi lozim bo‘ladi.
Loyihada alkotester, narkotester, taumetr va planshet kabi maxsus texnik vositalardan foydalanish qoidalari ham aniqlashtirilmoqda. Ushbu qurilmalardan foydalanishda ularning sertifikati mavjud bo‘lishi va haydovchi talab qilganda taqdim etilishi shart etib belgilanmoqda.
Shuningdek, haydovchilarda qoidabuzarlikni qayd etgan moslamalar natijalariga nisbatan shubha tug‘ilsa, ular moslamalarning qiyoslash sertifikatlarini ko‘rishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Mazkur o‘zgartishlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashni kuchaytirish, shuningdek, YPX xodimlari va haydovchilar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bahsli holatlarni kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:36 / 02.04.2026
Mashina sizniki, rulda boshqa odam: jarima balli haqiqiy huquqbuzarga yozilishi uchun nima qilish kerak?
06:22 / 28.02.2026
Bosh prokuratura: YPX xodimini urib ketgan o‘smir mashina olib qochgan
16:05 / 27.02.2026
Asadbek Jumayev 10 sutkaga qamaldi
14:55 / 01.01.2026