YPXga böysunmagan ikkita BMW voqeasining iştirokçisi bölganidan «faxrlanişi» va bu holatni tarqatgani uçun «kiçkina jarima» bilan qutulib ketganini aytgan Asadbek Jumayevga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.

Asadbek Jumayevga nisbatan yanvarda çiqqan sud qarori ustidan Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasi tomonidan kassatsiya tartibida protest kiritilgan. Mazkur sud qarori bilan Asadbek Jumayev BHMning 20 baravari – 8 mln 420 ming söm jarimaga tortilgandi.

Bugun, 27 fevral kuni Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atida Asadbek Jumayevga oid ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş kassatsiya tartibida körib çiqilib, birinçi instansiya sudining jarima soliş haqidagi qarori bekor qilingan.

Toşkent şahar sudi qaroriga muvofiq, Asadbek Jumayevga MJtKning 195-2-moddasi (huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obrösizlantirilişiga olib keladigan tarzda buzib tarqatiş) bilan 10 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Avvalroq YPXdan qoçgan BMW'lar işi böyiça prokuratura sud qaroriga protest kiritgani xabar qilingandi.