Guliston şahridagi YTH

31 dekabr kuni tonggi 6:20 larda Sirdaryo viloyatining Guliston şahrida inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, viloyat YHXBga ertalabki yöriqnomaga ketayotgan 37 yoşli YHXB (yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi) xodimi öziga biriktirilgan Lacetti rusumli, 20 743 VSF davlat raqamli xizmat maşinasida yölni kesib ötayotgan ayolni urib yuborgan.

Manbaning aytişiça, 1987 yilda tuğilgan piyoda yölning piyodalar uçun belgilanmagan qismidan kesib ötayotgan bölgan. U YTHni sodir etgan xodim tomonidan klinik ölim holatida şifoxonaga olib borilgan. Unga oğir boş miya oçiq jarohati, miya lat yeyişi oğir darajasi, çap çakka suyagi sinişi, öng boldir pastki qismining parçalanib sinişi taşxisi qöyilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

Zarbdor tumanidagi YTH

Kun.uz manbasiga köra, boşqa bir holatda Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida ham içki işlar xodimi xizmat avtomobilida piyodani urib yuborgan.

31 dekabr kuni soat 20:50 larda Zarbdor tumani IIB Yöl xarakat xavfsizligi guruhi katta inspektori mayor S.B. viloyat IIB YHXBga tegişli Nexia-3 rusumli, 25 518 VSF raqamli avtomobilda yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborgan. 1980 yilda tuğilgan piyoda J.B. “boş miya çayqalişi, yumşoq töqimalarining lat yeyişi” taşxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Manbaning aytişiça, piyoda kasalxonaning jonlantiriş bölimida qolmoqda.