O‘zbekiston | 13:00 / 15.02.2023
10339
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Payme: qanday qilib Planet of Pizza o‘yini moliyaviy savodxonlikka o‘rgatadi?

Foto: Payme

Fazliddin Games moliyaviy savodxonlikni oshirishga yo‘naltirilgan yangi Planet of Pizza mobil o‘yini chiqarilishini e’lon qildi. Ilova yaratuvchilari - GameDev Goethe 2022 mobil o‘yinlar inkubatori g‘oliblari Fazliddin Komilov va Muhammadali Nig‘matovlardir.

Yosh va iqtidorli dasturchilar endigina 17 yoshda, lekin ular bir necha yillardan beri o‘yinlar va mobil ilovalar yaratish bilan professional tarzda shug‘ullanib kelishadi. 2022 yilda GameDev Goetheʼda ishlab chiqilayotgan o‘yinlar mavzusi moliyaviy savodxonlik bo‘lgan edi. Tadbirga O‘zbekistondagi yetakchi to‘lov dasturlaridan biri bo‘lgan Payme homiylik qilgan.

Planet of Pizza o‘yinida foydalanuvchilar o‘z pitseriyalarini boshqarishlari, jumladan o‘z vaqtida pitssa yetkazib berishlari, mijozlarga xizmat ko‘rsatishlari, vaqtni hisobga olish va buyurtma turini tahlil qilishlari kerak bo‘ladi. O‘yinchining vazifasi - moliyaviy jihatdan g‘amxo‘rlik qilish va o‘yin qahramonini maksimal darajada takomillashtirishdan iboratdir. Hatto o‘z mopedingizni haydash va uni kibermashina darajasigacha yetkazish imkoniyati ham mavjud. Planet of Pizza o‘yinida milliarderga aylanish uchun biznesingizni qanday rivojlantirish va butun shaharni o‘z tarmog‘ingiz bilan qamrab olishni o‘rganishingiz mumkin.

O‘yindagi grafikalar klassik o‘yinlar uslubidagi yorqin ranglarda taqdim etilgan. Tasvir o‘yin qahramoni harakatlanayotgan shaharning izometrik proyeksiyasi ko‘rinishida qurilgan. Interfeys - yorqin va tushunarli, o‘yin qahramonini boshqarish juda oson.

O‘yin biznes qurish vazifalariga asoslanadi. Bu shaxsiy strategiyangiz ko‘rinishida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan virtual pitsseriya menejmenti. O‘yinchi ishlab topgan pulini qayerga sarflashni, jumladan bir vaqtning o‘zida ko‘proq pitssa yetkazib berish yoki shaharning boshqa qismida filial ochish imkoniyatiga sarmoya kiritishni tanlashi kerak. Shunday qilib, u haqiqiy hayotda pulga yanada puxta o‘ylangan munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini rivojlantiradi.

O‘yinning bunday yondashuvi sizga o‘yinchi qanday moliyaviy maqsadlarga erishmoqchi ekanini mustaqil hal qilishga, shuningdek, xatolarga yo‘l qo‘yish, ularni tahlil qilish va tajribalar orqali hosil bo‘lgan strategiyangizni yaratishga yordam beradi.

Ilova moliyaviy savodxonlik asoslarini namoyish etadi, vazifalarni tezkorlik bilan yaxshiroq bajarishga yordam beradi va strategik fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Shaxsiy moliyani boshqarish maktab o‘quv dasturi bilan bir qatordagi foydali mahoratlardandir. Moliyaviy savodxonlik elementlari maktab o‘quv dasturiga kiritilgan, o‘quv kurslari ishlab chiqilgan, kitoblar yozilgan. Planet of Pizza o‘yini esa yoshlik chog‘idanoq pulga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish uchun mo‘ljallangan.

Payme va GameDev Goethe bilan hamkorlik yosh dasturchilar uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi.

Ilova hozircha faqat Android tizimida mavjud. Uni havola orqali yuklab olish mumkin.

Kelgusida Payme Kids dasturini faol rivojlantirishni va ota-onalarga farzandlarida moliyaviy vositalarga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirishga yordam berishni rejalashtirmoqda. Loyiha yangiliklarini kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida kuzatib borishingiz mumkin.

Instagram: @payme.uz

Facebook: fb.com/payme.uz

Telegram: t.me/payme_uz

Reklama

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid