payme #AyolTadbirkorligiTarafida loyihasini davom ettirmoqda. Yangi yil arafasida kompaniya nafaqat özi korporativ sovğalarni ayol tadbirkorlardan xarid qildi, balki ilova içida maxsus bölim ham yaratdi. Bu bölim orqali foydalanuvçilar ayol ijodkorlar tomonidan tayyorlangan öziga xos sovğalarni topişlari mumkin.

Özbekistonda ayol tadbirkorlar yangi iş örinlari yaratib, barqaror iste’mol madaniyatini şakllantirmoqda. Ammo ular hanuz korporativ buyurtmalar va sotuv kanallaridan foydalanişda ayrim muammolarga duç kelişadi. paymeʼning yangi loyihasi esa bu vaziyatni özgartirişga qaratilgan: kompaniya öz platformalaridan sovğalarga talab yuqori bölgan davrda ayol ijodkorlarning mahsulotlarini kengroq auditoriyaga körsatiş, qöşimça e’tibor yaratiş va haqiqiy savdolarni oşiriş uçun foydalanadi.

— Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş — bu töğridan töğri investitsiya bölib, u nafaqat mamlakatning kreativ sanoatini rivojlantirişga, balki oilalarning daromadlarini oşirişga va kiçik biznesni mustahkamlaşga xizmat qiladi, — deydi TBC Uzbekistan raqamli banking ekotizimi tarkibiga kiruvçi payme kompaniyasining marketing böyiça direktori Nodira Sultonxöjayeva. — Biz biznes ijobiy özgarişlarni amalga oşiruvçi kuç bölişi mumkinligiga işonamiz. Özbekistonda biznes yuritayotgan ayollarni qöllab-quvvatlaş bizning strategiyamizning muhim qismidir. Biz ayollar tadbirkorligiga bölgan munosabatni özgartirişga intilamiz va ayniqsa korporativ hamkorlarga yetib borişi qiyin bölgan ayollar uçun yangi imkoniyatlarni yaratişga harakat qilamiz.

Loyiha hamkori Teplo Store — öz içida önlab yoş özbek brendlarini birlaştiradi. Ularning aksariyati ayollar tomonidan taşkil etilgan bölib, ular vitraj oyna bezaklari, aksessuarlar, uy-rözğor buyumlari, şamlar, qölda yasalgan sovunlar, kanselyariya jihozlari, töqimaçilik mahsulotlari va boşqa öziga xos buyumlarni işlab çiqaradi.

— Kiçik mahalliy brendlar uçun ular haqida gapiriş va mehnatlari köproq közga taşlanişi ayniqsa muhim, — deydi Teplo Store asosçisi Çaros Kamalova. — Yangi yil sovğalarini tanlaşda yanada mas’uliyatli yondaşuv — mahalliy işlab çiqariş va ijodkor ayollarni qöllab-quvvatlaş katta ahamiyatga ega. Biz paymeʼga hamkorlik va Özbekistonda kiçik biznesni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Siz odatiy sovğa örniga yoqimli sovğa sotib olişingiz va şu bilan birga ayollar biznesini qöllab-quvvatlaşingiz mumkin. Korporativ mijozlar uçun sovğalarni payme ilovasining maxsus bölimida körib, buyurtma qiliş mumkin.

payme ayollar biznesini qanday qöllab-quvvatlamoqda?