«O‘zbekneftgaz» jamoasi Sirdaryoga 30ta yuk mashinasidan iborat «saxovat karvoni»ni yubordi (video)
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan 3 may kuni Sardoba tuman aholisiga 300 tonnaga yaqin turli mahsulotlar 28ta yuk avtomashinasiga ortilgan holda yetkazib berildi.
Kompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, sirdaryoliklarga ko‘mak sifatida jami 1,9 mlrd so‘mlik xayriya yordami ajratilgan.
«Saxovat karvoni»dan ko‘plab turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqa buyumlar joy olgan.
Beg‘araz yordamni shakllantirishda «O‘zbekneftgaz» AJ xodimlari ham hissasini o‘z xohishlari bilan pul mablag‘lari va boshqa turli xildagi birlamchi ehtiyoj mahsulotlari, kitoblar va kiyim-kechaklar yuborib, o‘z hissasini qo‘shdi.
Yuborilgan mahsulotlar Guliston shahrida tashkil etilgan maxsus shtabda qabul qilib olindi.
Bundan tashqari, «Sardoba» suv omborini tiklash ishlari uchun «O‘zbekneftgaz» AJ tizim tashkilotlari tomonidan 50 tonna dizel yoqilg‘isi ham yetkazib berildi.
«Ta’kidlash kerakki, bu – sardobaliklarga ko‘rsatilayotgan yordamning birinchi bosqichi bo‘lib, toki u yerda vaziyat o‘z iziga tushmas ekan, jamoa a’zolari va tizim korxonalari tomonidan beg‘araz yordam ko‘rsatish ishlari davom ettiriladi», – deb ma’lum qildi korxona matbuot xizmati.
Jurnalist Raxmatilla Isroilov
Mavzuga oid
22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024