Sport | 07:44 / 10.05.2017
14506
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA Kengashi JCh-2026da konfederatsiyalar uchun kvotalarni tasdiqladi

Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) Kengashi 2026 yili o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida konfederatsiyalar uchun ajratilgan kvotalarni tasdiqladi. Eng ko‘p o‘rin Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) ga taqdim etiladi — 16 ta yo‘llanma, deb xabar qilinadi FIFA rasmiy saytida.

FIFA Kengashining majlisi seshanba kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida bo‘lib o‘tdi.

Majlisda FIFA kengashi byurosining taklifi ratifikatsiya qilindi. Unga ko‘ra konfederatsiyalar o‘rtasidagi kovtalar quyidagi tarzda taqsimlangan:

OFK (Osiyo) – 8,5 kvota;
KAF (Afrika) – 9,5 kvota
KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika va Karib havzasi davlatlari) — 6,5 kvota;
KONMeBOL (Janubiy Amerika) — 6,5 kvota;
OkFK (Okeaniya) — 1,5 kvota;
UYeFA — 16 ta kvota.

Mezbon davlat kvotasi avtomatik ravishda u taalluqli bo‘lgan konfederatsiya kvotasi ichidan olinadi.

2026 yilgi jahon chempionati yangicha formatda — 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Ikkita yetishmayotgan kvota qit'alararo turnirda o‘ynaladi. Unda UYeFAdan tashqari har bir konfederatsiyalardan bittadan jamoa ishtirok etadi va qo‘shimcha ravishda mezbon a'zo bo‘lgan konfederatsiyadan yana bitta jamoa qo‘shiladi.

Kvotalarning yakuniy tasdig‘i 11 may kuni Manamada o‘tayotgan FIFA kongressida o‘tkazilishi kerak.

Mavzuga oid