Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
Reytingning yuqori pog‘onalaridan odatdagidek Ilon Mask, Mark Tsukerberg va Jyeff Bezos o‘rin oldi. Bungacha Rossiya fuqarosi sifatida ko‘rsatib kelingan Alisher Usmonov esa 16,7 mlrd dollar boyligi bilan reytingga birinchi marta O‘zbekiston vakili sifatida kiritilgan.
Foto: FIE
Forbes jurnali dunyoning eng boy milliarderlarining navbatdagi yillik reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask egalladi. Forbes jurnali Maskning boyligini 342 milliardga baholadi va bu o‘tgan yilgi natijaga (195 milliard dollar) nisbatan salkam ikki barobarga ko‘p.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram va WhatsApp egasi) rahbari Mark Tsukerberg egalladi. Forbes uning boyligini 216 milliard dollarga baholagan.
Kuchli uchlikni Amazon asoschisi Jyeff Bezos yopib bergan. U ketma-ket uch yildan beri reytingda uchinchi o‘rinni egallamoqda, lekin natijasini sezilarli darajada yaxshiladi: uning kapitali bir yil oldingi 194 milliard dollarga nisbatan 215milliard dollarga baholandi.
Dunyoning eng badavlat tadbirkorlari o‘ntaligiga Larri Ellion (192 mlrd dollar), Bernar Arno (178 mlrd dollar), Uorren Baffet (154 mlrd dollar), Larri Peyj (144 mlrd dollar), Sergey Brin (138 mlrd dollar), Amasion Ortega (124 mlrd dollar) hamda Stiv Balmer (118 mlrd dollar) kiritildi.
Microsoft asoschisi Bill Geyts 108 milliard dollar bilan reytingda 13-o‘rinni, hindistonlik tadbirkor, energetika, neft-kimyo, telekommunikatsiya, chakana savdo va moliyaviy xizmatlar sohalarida faoliyat yurituvchi Reliance Industries rahbari Mukesh Ambani 97,7 milliard dollar boyligi bilan esa 17-o‘rinni band etgan.
2025 yilgi ro‘yxatda eng boy rossiyaliklar orasida «Lukoyl» egalaridan biri Vagit Alekperov birinchi o‘rinda — uning boyligi 28,7 milliard dollarga baholangan. Telegram asoschisi Pavel Durov reytingga BAA vakili sifatida kiritilgan (17,1 milliard dollar, 118-o‘rin).
UMS Holding kompaniyasi asoschisi, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov esa bu safar Forbes reytingiga O‘zbekiston vakili sifatida kiritildi. Uning boyligi 16,7 milliard dollarga baholangan bo‘lib, ro‘yxatda 125-o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025
Germaniyada Usmonovga qarshi ochilgan ikkinchi tergov ham to‘xtatildi
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
15:36 / 16.12.2025