SpaceX kompaniyasi asosçisi Ilon Maskning boyligi 677 mlrd dollarga yetdi, deya yozdi Forbes. Oktyabr oyida Mask tarixda birinçi bölib boyligi 500 mlrd dollarga yetgan şaxs sifatida ham qayd etilgandi.
Naşrga köra, Mask dunyodagi ilk dollar trilliarderi böliş yölida yana bir ulkan qadam taşlagan. Dekabr örtalarida u asos solgan SpaceX kompaniyasining qiymati 800 mlrd dollarga baholangan (avgustda bu körsatkiç 400 mlrd dollar edi). Baholaş SpaceX’ning 2026 yilga rejalaştirilayotgan IPÖsi oldidan amalga oşirilgan va Maskning boyligini 168 mlrd dollarga köpaytirgan.
Forbes’ning yozişiça, Maskning Space X’dagi 42 foizlik uluşi 336 mlrd dollarga, Tesla’dagi 12 foizlik uluşi 197 mlrd dollarga baholanyapti. Bundan taşqari, unga tegişli xAI Holdings kompaniyasi (sun’iy intellekt asosidagi Grok çat-botini rivojlantiradi) hozirda 230 mlrd dollar baholaş bilan yangi investitsiyalar jalb etiş böyiça muzokaralar olib boryapti.
2024 yilda Informa Connect Academy tahliliy guruhi Mask 2027 yilga borib tarixda birinçi bölib dollar trilliarderiga aylanişi mumkinligini başorat qilgandi. Multi-milliarder ilk bor 2021 yilda forbesʼning dunyodagi eng boy insonlar reytingida birinçi örinni egallab, Amazon asosçisi Jyef Bezosni ortda qoldirgandi. Öşa paytda jurnal uning boyligini 271,3 mlrd dollarga baholagan. 2021 yil noyabr oyida Maskning boyligi 300 mlrd dollarga, 2024 yil dekabr oyida 400 mlrd dollarga, joriy yil oktyabr oyida esa 500 mlrd dollarga yetdi. Forbes hisob-kitoblariga köra, Mask 2033 yil martiga borib dunyodagi birinçi trillionerga aylanişi mumkin.












