Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘rg‘ontepada odamlar fast-fuddan zaharlandi. Shifoxonadan reportaj
6 iyul kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida 30 nafarga yaqin kishilar tez tayyorlanadigan taom – fast-fud yemakxonasidagi ovqatdan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan. Kun.uz muxbiri hodisa sabablarini o‘rganish maqsadida Qo‘rg‘ontepada bo‘ldi.
Tungi soat bir bo‘lishiga qaramay, kasalxona hovlisi gavjum edi. Viloyat va tuman mutasaddilari ham shu yerda ekan.



“6 iyun kuni Qo‘rg‘ontepa tuman markazidagi fast-fud mahsulotlari do‘konida bir necha fuqarolar ovqatlangan va soat 14 larda Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga 2 nafar bemor ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i alomatlari bilan murojaat qilgan. Soat 17 larga borib o‘sha ovqatlanish shoxobchasida taom iste’mol qilgan boshqa bemorlar ham kasalxonaga kelishni boshlagan. 10 nafar bemor aniq og‘riqlar bilan kelgan bo‘lsa, ular bilan birga ovqatlangan oila a’zolari ham o‘zini tekshirtirish uchun kelishdi.

Ayni paytda yuqumli kasalliklar bo‘limiga 27 nafar bemor yotqizilgan. Biz ularni to‘liq nazoratga oldik. Bemorlar orasida ikki nafar 2 va 7 yoshli bolalar ham bo‘lib, ularga alohida kuzatuv holatida muolaja qilinmoqda. Barcha bemorlarning holati stabil. Kasal bo‘lganlarda – ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va ich ketishi holatlari kuzatildi”, - deydi Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdukarim Abduvahobov.
Kasallikka sabab bo‘lgan omillarni aniqlash maqsadida FRESH FOOD 2020 oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasida epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu korxonaga qarashli 3 ta ovqatlanish shoxobchasi faoliyati shu kunning o‘zida vaqtinchalik to‘xtatilgan va mahsulotlar tayyorlash xonasi xamda omborxonadagi mahsulotlardan namunalar olinib, laborator tekshirish uchun yuborilgan.
Elmurod Ermatov, Azizbek Ismoilov
Mavzuga oid
09:58 / 02.03.2026
Autsorsing va keytring: nega bog‘chalarda ommaviy zaharlanishlar ro‘y beryapti? – mutaxassislar bilan suhbat
14:01 / 07.10.2025
Andijonda qalbaki pullarni sotgan shaxslar ushlandi
10:56 / 28.09.2025
Shifoxonalarda 182 nafar bola qolmoqda - Nurmat Otabekov Toshkent viloyatidagi holat haqida
21:46 / 26.09.2025