Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qiynoqqa solishdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinadi
“Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan shaxslarning yagona elektron reyestri yuritiladi;
- harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar tomonidan qiynoqlar bo‘yicha advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali murojaat qilish amaliyoti takomillashtiriladi;
- qiynoqqa solishdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tartibi ishlab chiqiladi;
2021 yil 1 oktyabrdan tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Jinoyat kodeksida qiynoqqa solish uchun javobgarlik belgilovchi normalarni BMTning “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi Konvensiyasi” (Nyu-York, 1984 yil 10 dekabr) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
09:05 / 12.01.2026
Harbiy xizmatchilarga uy ijarasi uchun kompensatsiya: kimlarga, qancha va qanday tartibda?
14:54 / 08.01.2026
Til sertifikati, ishchi viza, chipta: migratsiya jamg‘armasidan kompensatsiya beriladi
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025