Kompensatsiya kontrakt böyiça xizmat qilayotgan, vazirlik va idoralar yönalişi böyiça turar joy bilan ta’minlanmagan harbiy xizmatçilarga beriladi. Kompensatsiya amaldagi ijara sarf-xarajatlari doirasida tölanadi, kommunal xizmatlar haqi bunga kirmaydi.

Nizomga köra, pul kompensatsiyasi turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan hamda harbiy xizmatçi xizmat ötaş joyiga kelganidan keyin tölab boriladi.

Har oylik kompensatsiyaning eng yuqori miqdori BHM (bazaviy hisoblaş miqdori)ga boğlangan holda quyidagiça belgilangan:

Toşkent şahrida — BHMning 4,8 baravarigaça;
Nukus şahri va viloyatlar markazlarida — BHMning 3,6 baravarigaça;
respublikaning boşqa şaharlari, tuman markazlari va aholi punktlarida — BHMning 2,4 baravarigaça.

Agar harbiy xizmatçining oila a’zolari 3 kişi va undan ortiq bölsa, mazkur kompensatsiya miqdorlari 50 foizga oşirilişi nazarda tutilgan.

Nizomda kompensatsiyaning töğri tölanişi tölovni amalga oşiruvçi organ rahbari, uy-joy komissiyasi hamda qonunçilikka muvofiq nazorat qiluvçi organlar tomonidan nazorat qilinişi belgilangan.