Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asaka tumani hokimligi yuristi pora olayotganda qo‘lga olindi
Yuridik xizmat xodimi tumanda faoliyat yuritadigan fermer xo‘jaligi rahbaridan ming dollar olgan vaqtda ushlangan.
Foto: Kun.uz
Asaka tumani hokimligining yuridik xizmati rahbari X.Q. bugun, 27 aprel kuni tumanda faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaligi rahbaridan ming dollar olayotganda DXX va Bosh prokuratura xuzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda Kun.uz'ning Asaka tumani hokimligidagi manbasi xabar bermoqda.
Manba yurist fermerdan nima maqsadda pul olganidan xabardor emasligini bildirdi.
Avvalroq, Andijonda temiryo‘l stansiyasi tasarrufidagi yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan stansiya boshlig‘i ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
21:37 / 13.12.2025
Andijonda 80ta yangi avlod elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
14:39 / 09.12.2025
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
08:30 / 07.12.2025
Somsaxonalarda reyd, inversiyaning tugashi va mundialdagi raqiblar - hafta dayjesti
19:38 / 04.12.2025