Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati böyiça boşqarmasi hamda bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tovar-moddiy boyliklarning mamlakat hududidan noqonuniy olib çiqilişining oldini olişga qaratilgan tezkor tadbir ötkazildi.

Ma’lum bölişiça, Baliqçi tumanida yaşovçi 1985 yilda tuğilgan ayol hamda uning 2006 yilda tuğilgan qizi nostandart şakldagi 7 dona, jami 473 gramm oltin quymalarni kiyimlari ostiga yaşirgan holda Xöjaobod tumanidagi “Döstlik” çegara bojxona posti orqali olib ötişga uringan vaqtida uşlangan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelinsa, Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qiliş mumkin. Şaxsning sir saqlanişi kafolatlanadi.