Andijon viloyatida yoş bolaning ölimi bilan boğliq ayançli YTH sodir böldi. Andijon viloyati IIB YHXB hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, YTH 24 fevral kuni soat 15:56 larda Baliqçi tumani Eski Markaz mahallasi hududida sodir bölgan. 24 yoşli haydovçi A.J. Zil yuk maşinasini boşqarib borayotib, tartibga solingan çorrahadagi piyodalar ötiş joyidan yugurib çiqqan H.M.ni urib yuborgan. Söngra haydovçi boşqaruvni yöqotib, çorrahada töxtab turgan Cobalt bilan töqnaşgan.
YTH oqibatida voyaga yetmagan piyoda H.M. körsatilgan tibbiy muolajalariga qaramasdan şifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Baliqçi tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu YTH aks etgan videolavha tarqaldi. Unda körinişiça, svetoforning yaşil çiroği yonib-öçib, sariqqa almaşganiga qaramay yuk maşinasi çorrahani kesib ötişda davom etgan va piyodani urib yuborgan.
Avvalroq Norinda kunduzgi parvariş xizmati tarbiyalanuvçisi YTH oqibatida halok bölgandi.

















