Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi modda bilan to‘ldiriladi
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Prezidentning 2020 yil 5 fevraldagi “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-4586-sonli qarori 17-bandida “Qonun hujjatlariga ushbu Qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini tayyorlash nazarda tutilgan.
Qarorning 5-bandi bilan 2020 yil 1 iyuldan boshlab Qurilish sohasidan nazorat Inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar boshliqlariga, huquqbuzarlik faktiga e'tiroz bildirilgan hollarda ishni ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berilganligi “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini tayyorlash haqida qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar) ro‘yxatini to‘ldirish, ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi aniqlashtirish, ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlarda ko‘riladigan ishlarning hajmini kamaytirish loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natijalardir.
Qonun loyihasida Qurilish sohasidan nazorat Inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar boshliqlariga, huquqbuzarlik faktiga e'tiroz bildirilgan hollarda ishni ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berilgan.
Bildirilishicha, qonun loyihasi qoidalarining amalga oshirilishi qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni talab qilmaydi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yo‘qotishlarga olib kelmaydi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshi qancha?
Iqtisodiyot | 19:48
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 18:55
-
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi
Jahon | 18:45
-
«Biz endigina boshladik». Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunidagi yutuqlari bilan maqtandi
Jahon | 18:44
Mavzuga oid

12:31
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi

12:14
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi

13:36 / 29.04.2025
O‘zbekistonda Ekologiya kodeksi qabul qilinadi

12:30 / 29.04.2025