Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish bozorining chorak qismi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan 69,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga yuqori.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 25,5 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich norasmiy sektorning qurilish bozoridagi salmog‘i hanuz yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan raqamlarga ko‘ra, norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi keyingi yillarda quyidagicha shakllangan (yanvar–noyabr):
- 2021 yil — 18,5 trln so‘m;
- 2022 yil — 20,9 trln so‘m;
- 2023 yil — 25,1 trln so‘m;
- 2024 yil — 61,2 trln so‘m;
- 2025 yil — 69,9 trln so‘m.
Ma’lumotlarda 2024–2025 yillarda norasmiy sektordagi qurilish ishlari hajmi keskin oshib, 2025 yilda ham o‘sish davom etgani aks etgan.
Mavzuga oid
18:00 / 25.05.2026
Renovatsiya: mulkdor nima talab qila oladi, nima esa majburiy emas?
17:05 / 22.05.2026
Kasblar kesimida oyliklar qanday o‘zgaryapti?
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
13:40 / 20.05.2026