Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oloy» bozori avtoturargoh hududida virusga test topshirish punkti tashkil etiladi
Yunusobod tuman «Oloy» bozori avtoturargoh hududida aholidan COVID-19 ga test olish va inson salomatligi hamda immunitetini tekshirish bo‘yicha tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bergan.
Foto: Yunusobod tumani hokimligi
Ta'kidlanishicha, mazkur hududda aholidan COVID-19 ga test olish va uning natijalarini 24 soat mobaynida internet orqali olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
«Bunday markazlar Yunusobod tumanining boshqa hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda», - deya qo‘shimcha qilinadi hokimlik xabarida.



Ayni paytda Ilg‘or texnologiyalar markazida koronavirusni aniqlovchi 100 ming dona test tizimini o‘z ichiga olgan navbatdagi partiya tayyorlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, ulardan 40 ming donasi Jizzax, Andijon va Toshkent shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari laboratoriyalariga hamda respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirildi. Qolgan 60 mingta testni boshqa viloyatlarga chiqarish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:09 / 21.05.2024
Yunusobodda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi
12:11 / 06.05.2024
Kimnidir bosib qolishi kerakmi? Yunusobodda “zamhokim”ning ham “tishi o‘tmayotgan” masala haqida
12:57 / 05.05.2024
Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi
19:19 / 16.04.2024