O‘zbekiston | 10:45 / 28.01.2026
3467
1 daqiqa o‘qiladi

«Tashabbusli budjet»ning 10-mavsumi 1 fevraldan start oladi

2026 yil 1 fevraldan «Tashabbuskor xalq uchun - yangi imkoniyatlar mavsumi» shiori ostida «Tashabbusli budjet» jarayonining 10-mavsumi (yubiley mavsum) boshlanadi. Loyihalarni kiritish 1–20 fevral kunlari amalga oshiriladi, ovoz berish esa 11–20 mart kunlariga to‘g‘ri keladi.

Foto: Kun.uz

2026 yil 1 fevraldan «Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi» shiori ostida «Tashabbusli budjet» jarayonining 2026 yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum «Tashabbusli budjet» joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, mavsum quyidagi bosqichlar asosida tashkil etiladi:

  • 1–20 fevral — loyihalarni kiritish;
  • 21 fevral – 7 mart — loyihalarni saralash;
  • 8–10 mart — targ‘ibot bosqichi;
  • 11–20 mart — ovoz berish bosqichi;
  • 21–31 mart — qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi.

Shuningdek, an’anaviy tartibga ko‘ra, ovoz berish bosqichi yakunlari bo‘yicha g‘olib loyihalar 21 mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinishi qayd etildi.

Fuqarolar mahallasi uchun tashabbus ko‘rsatib, loyiha kiritish va ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid