Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vaqtida qurib bitkazmadingizmi – soliqni uch baravar miqdorda to‘lang
Foto: Ivud.ru
Soliq kodeksiga tuzatishlar loyihasi tayyorlandi, deb xabar bermoqda Norma.uz O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga asosan.
Qonun loyihasi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 171-bandida ko‘rsatilgan mexanizmni amalga oshirishga qaratilgan.
O‘zgartirishlar mohiyati quyidagilardan iborat. Obektlar qurilishi loyiha-smeta hujjatida o‘rnatilgan normativ muddatda, qurilishning o‘rnatilgan normativ muddati mavjud bo‘lmaganda – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi ajratilgan paytdan e'tiboran 24 oy mobaynida tugallanmagan taqdirda yer solig‘i va mol-mulk solig‘i soliq solinadigan baza hamda belgilangan stavkalarning 3 baravar miqdoridan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.
Mazkur tartib tegishli hokimlikning xulosasiga muvofiq qo‘llaniladi. Hokimlik yuqorida ko‘rsatilgan faktlar to‘g‘risida yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlariga 3 kalendar kuni mobaynida xabar berishga majbur bo‘ladi.
Shuningdek qayd etish joizki, hokimlik xulosasida ko‘rsatilgan obektlar qismida mazkur mexanizmni soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llaydigan yuridik shaxslarga ham tatbiq etish taklif qilinmoqda.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
07:33 / 21.02.2026
Kelajak shakli: Xitoyda 2026 yilda bitadigan 12 yirik loyiha
14:39 / 11.10.2025
Britaniya O‘zbekiston hududlari uchun ustuvor loyihalarni ishlab chiqishda ko‘maklashadi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
15:34 / 10.04.2025