Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston mamlakat poytaxtida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda
Qirg‘iziston prezidenti mamlakat poytaxti Bishkek shahrida xavfsizlik choralarini kuchaytirish va xorijiy elchixonalarni qo‘riqlash ishlarini kuchaytirish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bunga, 30-avgust kuni ertalab, hudkush terrorchi avtomobilda Xitoy elchixonasiga borib urilgach, portlash yuz bergani sabab bo‘lgan.
Bu voqea oqibatida 5 kishi yengil jarohatlangan. Hujum qilgan terrorchi o‘zini portlatib yuborgan. Hodisa “terrorchilik” deya baholangan. Rasmiy Pekin voqeaga "jiddiy terrorchilik hujumi", deya izoh bergan.
"Prezident Almazbek Atambayev poytaxt va mintaqalarda aksilterror amaliyotlarni olib borish, xususan muhim ahamiyatga molik va diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlashni kuchaytirishga ko‘rsatma berdi", - deyiladi davlat rahbari saytida.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026