Sport | 04:38 / 27.01.2017
8207
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya kubogi. "Barselona" "Real Sosedad"ni yengib, yarim finalga chiqdi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya kubogi chorak finalining javob o‘yinida «Barselona» o‘z uyida «Real Sosedad»ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 5:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Kataloniyaliklar tarkibida Denis Suares dublga erishgan bo‘lsa, Messi, Turon va Luis Suares 1tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Mehmonlarning gollariga esa Xuanmi hamda Villian Joze mualliflik qildi. 

Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv ham 1:0 hisobida «Barselona» foydasiga hal bo‘lgan edi. 

Barselona – Real Sosedad 5:2 (1:0) 
Gol:
Denis Suares (17, 82), Messi (55, penalti), Suares (63), Turon (80) – Xuanmi (62), Villian Joze (73).
Barselona: Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Maskerano (Rakitich, 66), Suares, Serdji Roberto (Aleish Vidal, 46), Andre Gomesh, Neymar (Turon, 75), Messi, Suares.
Real Sosedad: Ruli, Navas, Berchiche, Elustondo (Odriosola, 76), Martines, Surutusa, Ilyarramendi, Vela (Xuanmi, 57), Priyeto (Kanales, 57), Oyarsabal, Villian Joze.
Ogohlantirishlar: Neymar (40), Vela (40), Alba (40), Berchiche (43), Suares (51), Martines (54).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков

Mavzuga oid