«Barselona» Ispaniya kubogida «Atletiko»dan uçralgan yirik mağlubiyatdan (0:4) keyin öziga kela olmayapti. Endi Ispaniyaning amaldagi çempionlari Kataloniya derbisida «Jirona»ga mağlub bölişdi.
«Jirona» – «Barselona» 2:1
Gollar: Kubarsi, 59 (0:1). Lemar, 62 (1:1). Beltran, 87 (2:1)
Aniq ijro etilmagan penalti: Yamal, 45’
«Jirona»: Gassaniga, Vitor Reys, Blind, Martines, Rinkon, Lemar (Beltran, 67), Vitsel, I. Martin (Franses, 90), Hil (Roka, 68), Tsigankov, Vanat (Eçeverri, 74)
«Barselona»: X. Garsiya, Kubarsi, E. Garsiya (Arauxo, 73), X. Martin (Balde, 63), Kunde, de Yong, Olmo (Bernal, 80), Fermin Lopes, Rafinya (Barji, 64), Yamal, Torres (Levandovski, 73)
Ogohlantirişlar: E. Garsiya, 41. Kunde, 84
Çetlatiş: Roka, 90
Hans-Diter Flikning Madriddagi oğir mağlubiyatga reaksiyasi boşlanğiç tarkibda ikki özgariş qiliş böldi. Martin çap qanotda Baldening örnini egalladi, bundan taşqari, Rafinya asosiy tarkibga qaytdi (natijada bu safar Kasado boşlanğiç tarkibdan örin olmadi). Öyin debyutida «Jirona» pressing uyuştirdi, «Barselona» esa töpni öz jarima maydoni atrofidan olib çiqişga harakat qildi. Lekin bu jarayon uzoq davom etmadi va köp ötmay kök-anorranglilar taşabbusni töliq öz qöliga ola boşladi. Birinçi bölimda mehmonlarning töpga egalik qiliş böyiça ustunligi kutilganidek 70 ga 30 körinişini oldi.
Yamal öyinning 17-daqiqasidayoq hisobni oçişi mumkin edi, ammo töpni darvozabon ustidan oşira olmadi. «Jirona» esa ukrainalik hujumçisi Vladislav Vanat orqali javob qaytardi: Garsiya uning bir neça xavfli zarbalarini qaytarişiga töğri keldi.
Bölim oxirida mehmonlar bosimni kuçaytirişdi, 43-daqiqada Rafinyaning zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Köp ötmay bu bosim natija keltirdi: Deyli Blind jarima maydoni içida xato qildi va Dani Olmoning oyoğini bosib oldi.
Yamal töpni oldi, «nuqta»ga yaqinlaşdi va ustunni poyladi.

Lekin bu holatda raqib futbolçilari zarba berilguniça jarima maydoniga kirib ketişgandi va ustundan qaytgan töpni uzoqlaştirişda bu ularga qöl keldi.















