Ispaniya kubogi, yarimfinal, birinçi öyin
«Atletiko» – «Barselona» 4:0
Gollar: E. Garsiya, 6 – avtogol (1:0). Grizmann, 14 (2:0). Lukman, 33 (3:0). Alvares, 45+2 (4:0)
«Atletiko»: Musso, Gansko, Pubil, Rudjyeri, Molina, Koke (Le Norman, 90), Liorente, Lukman (Almada, 73), Simeone, Grizmann (Baena, 68), Alvares (Syorlot, 68)
«Barselona»: X. Garsiya, Kubarsi (Joau Kanselu, 77), E. Garsiya, Balde (Arauxo, 77), Kunde, de Yong, Fermin Lopes (Martin, 87), Kasado (Levandovski, 37), Olmo, Yamal, Torres
Ogohlantirişlar: Simeone, 50. Liorente, 51. Baena, 79. Pubil, 86. Rudjyeri, 90 – Kasado, 26. Olmo, 86. Fermin Lopes, 86
Çetlatiş: E. Garsiya, 85

Ispaniya kubogi yarimfinalining birinçi öyinida «Barselona» öz muxlislarini karaxt holatga solib qöydi. Kataloniyaliklar 2020 yil avgustidan buyon ilk bor birinçi bölimning özida javobsiz törtta gol ötkazib yubordi.

«Barselona» Xulian Alvaresga qiziqayotgani va Diyego Simeone iste’foga çiqarilişi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida bölib ötgan öyinga madridliklar katta iştiyoq bilan tuşişgandi. Mezbonlar ilk daqiqalardan intensiv harakat qilib, ança oldinda pressing uyuştirdi hamda yakkakuraşlarda yutib çiqa boşladi.

Mehmonlar öyinning 70 foiz vaqtida töpga egalik qildi, ammo öyinni «Atletiko» nazorat qildi. Öyinning 7-daqiqasidayoq Erik Garsiya öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi: bu vaziyatda maydon holati kataloniyaliklarga pand berdi, töp dönglik tufayli sapçib ketdi va darvozabon Joan Garsiya uni töxtata olmadi.

Bu «Barsa» darvozaboni uçun mavsumdagi törtinçi golli xatoga aylandi. Bu borada undan yomonroq körsatkiç faqat «Jirona» posboni Paulo Gassanigada – 6.

7 daqiqa ötib Garsiyaning ampluadoşi Musso boşlab bergan hujumni Antuan Grizmann gol bilan yakunladi va sobiq jamoasiga urgan golini nişonladi.

«Barselona» öyinning borişini özgartirişga harakat qildi, ammo Fermin Lopesning zarbasidan keyin töp darvoza tösiniga bordi. «Atletiko» esa öz vaziyatlaridan foydalanişda davom etdi. 33-daqiqada hisob yirik körinişga keldi: Alvares ayyorona harakat bilan töpni özidan yaxşiroq pozitsiyada turgan Ademola Lukmanga ötkazib yubordi va madridliklarning qişdagi xaridi olis burçakni aniq nişonga oldi.