Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norin daryosi bo‘yida xonbaliq yetishtirishga ixtisoslashgan baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etiladi
Foto: yobiadventures
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Norin tumanida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida pillachilik, parrandachilik, chorvachilik hamda baliqchilikni rivojlantirishga e'tiborni kuchaytirish zarur ekanligini ta'kidladi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Davlat rahbari ma'ruzasi davomida Norin daryosi bo‘yida ko‘plab baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etilishi uchun 200-300 mlrd mablag‘ ajratilishi, mazkur xo‘jaliklar baliqning xonbaliq (forel) turini yetishtirishga ixtisoslashtirilishi haqida tushuncha berdi.
Baliqchilik sohasini takomillashtirish uchun Uchqo‘rg‘on tumanida baliqchilik kolleji, Namangan shahrida baliqchilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil etiladi.
Mavzuga oid
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025
Yaponiya Namanganda robot-assistent xirurgiyasini joriy etadi
20:22 / 30.11.2025