Yaqin tarixda Falastin xalqiday qiynalgan va xörlangan xalq bölmasa kerak. 1947 yilda BMT rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan va oradan 41 yil ötib taşkil etilgan bu davlat aholisi 76 yildan buyon qöşni Isroil tomonidan ezib kelinadi.

Ötgan yillar mobaynida Isroil Falastinning juda köp joylarini kuç bilan tortib oldi. Isroilning bu bosqinçilik siyosati bugun ham töxtagani yöq. Ular hozir ham Falastinga tegişli bölgan qaysidir hududdan arablarni quvib yuborib, u yerda isroilliklar uçun turar joylar qurmoqda.

Garçi BMT bir paytlar qabul qilgan rezolyutsiyasida Falastin davlatining çegaralarini aniq körsatib bergan bölsa-da, hanuzgaça bu davlat öz yerlariga egalik qila olmayapti.

Bundan taşqari, qançalik ğalati eşitilmasin, BMTning özi ham bu davlatni taşkilot safiga tölaqonli a’zo qilgani yöq. Falastin hozirda BMTda faqat kuzatuvçi maqomiga ega.

Ana şu örinda Isroilning falastinliklarga qilayotgan zöravonligi sabablari birmunça ayon böladi. Axir BMTday taşkilot köksidan itargan Falastinni Isroil nega ezğilab taşlamasin?!

Falastin ikkiga bölinişidan oldin şu körinişda bölgan.
BBC

Falastinning ikkiga bölinişi

Hozirgi Falastin va Isroil davlatlari joylaşgan hudud azaldan Falastin deb atalgan. Bir neça asr davomida Usmoniylar imperiyasi tarkibida bölgan Falastin Birinçi jahon uruşi tugagandan söng Britaniya mustamlakasiga aylanadi. Ayrim yahudiylarning tarixiy vataniga qaytişi ana şunda boşlangan.

Keyinçalik, Ikkinçi jahon uruşi paytida Hitler Germaniyasi tomonidan ötkazilgan qirğinlardan qoçgan yahudiylarning bir qismi ham Falastinga köçib keladi. Öşa kezlarda bu yerda yaşovçi arablar «tarixiy vatani»ga köçib kelayotgan yahudiylarga umuman qarşilik qilmaydi.

Uruş tugagandan keyin ham yahudiylar Falastinga köçib kelişda davom etadi. Şundan söng 1947 yilda BMT hududda arablar va yahudiylarning davlatini tuziş haqida öz rejasini e’lon qiladi.

Öşanda BMTga Falastinda bitta davlat tuziş taklifi ham beriladi. Biroq taşkilot yagona davlat tuzilsa yahudiylar va arablar örtasida qirğinbarot boşlanib ketadi degan xulosaga keladi va taklif rad etiladi.