Falastin-Isroil mojarosi: Ğarbdagi ikki xil standart (2-qism)
|16:54 / 21.05.202335 04716 min
Bugun Ğarb davlatlari Falastinga nisbatan ikki xil standartlarni qöllamoqda. Ular bir tarafdan Yaqin Şarqda tinçlik örnatilişini xohlaşlarini aytişsa, ikkinçi tomondan hanuzgaça Falastinning mustaqilligini tan olmay kelişmoqda. Buning ustiga ularning öz elçixonalarini Tel-Avivdan Quddusga köçirişlari muammoni battar çigallaştirmoqda.
Falastin mustaqilligini dunyoning 138 ta davlati tan olgan. Jumladan, Osiyo va Afrikaning qariyb barça davlatlari, şuningdek sobiq ittifoq respublikalari (Latviya, Litva va Estoniyadan taşqari) va Şarqiy Yevropa davlatlari.
AQŞ, Kanada, Meksika, Avstraliya, Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya va Ğarbiy Yevropadagi boşqa davlatlar tan olmagan. Ana şu joyda AQŞ boşçiligidagi Ğarb davlatlari Falastinga nisbatan ikki xil siyosat olib borayotgani oydinlaşadi.
Ya’ni bir tomondan Yaqin Şarqda tinçlik örnatilişini xohlaşlarini aytişadi. Ikkinçi tomondan Falastinning mustaqilligini tan olişmaydi. Arab davlatining öz çegaralariga ega bölişini, BMTga tölaqonli a’zo bölişini umuman xohlaşmaydi.
Bugun Falastin BMTda faqat kuzatuvçi maqomiga ega. Falastin mustaqilligini tan olgan davlatlar agar u BMTga tölaqonli a’zo bölsa va öz hududlariga egalik qilsa, Yaqin Şarqda uzoq kutilgan tinçlik örnatiladi, degan fikrda.
Uning mustaqilligini tan olmagan davlatlar esa aksinça, agar Falastin BMTga tölaqonli a’zo bölsa, mintaqada notinçlik battar keskinlaşadi deb hisoblaşadi.
Yaşil va oç yaşil rangda Falastin mustaqilligini tan olgan, rangsiz tasvirlanganlar Falastin mustaqilligini tan olmagan davlatlar.
E’tibor berilsa Ğarb davlatlari Falastin mustaqilligini tan olmaganini köriş mumkin.
AQŞning Falastinga nisbatan tutgan noxolis siyosati
Agar tarixga qaralsa 1947 yilda BMT rezolyutsiyasi bilan Falastin hududida ikkita arablar va yahudiylar davlatini taşkil etiş haqidagi rezolyutsiya qabul qilingandan boşlab AQŞ Isroilga har tomonlama iqtisodiy va harbiy yordam berib kelmoqda.
AQŞ eng avval Isroil davlati ma’muriyatini tuzişda, söng armiya şakllantirişda va boşqa masalalarda yordam körsatadi. Keyinçalik Arab-Isroil uruşlarida harbiy yordam beradi.
Mavzuga oid
Jumladan, 1947-1949 yillarda, 1967 yilda va boşqa Arab-Isroil uruşlarida AQŞ Isroilga keng miqyosda harbiy yordam körsatadi.
AQŞ Isroilga keng kölamda yordam beriş bilan bir qatorda şu paytgaça Falastin mustaqilligini tan olmay kelmoqda. Falastin mustaqilligini nafaqat AQŞning özi balki uning yaqin ittifoqçilari bölgan Ğarbiy Yevropa davlatlari, Kanada, Avstraliya va Meksika ham tan olmagan.
AQŞ Falastinga nisbatan qöllab kelayotgan noxolis siyosatini XXI asrda ham davom ettirmoqda. Bir neça yil avval YuNeSKO Falastinni öz safiga teng huquqli a’zo qilganda AQŞ bu taşkilotdan çiqib ketdi.
2012 yilda BMT Falastinga kuzatuvçi maqomini berganda ham AQŞ bunga qarşi çiqqan davlatlardan biri bölgandi.
AQŞ prezidenti Barak Obama va Isroil boş vaziri Şimon Peres.
Foto: Getty Images
Falastinning BMTda kuzatuvçi maqomini olişi
Falastinning BMT tarkibidagi taşkilotlar işida qatnaşa boşlaşi tarixi 1970-yillarda boşlangan. 1974 yilda BMT maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinadi va unga köra Falastin ozodlik taşkiloti BMT Boş assambleyasida kuzatuvçi maqomini oladi.
1986 yil 2 aprel FOT BMT Boş assambleyasida Osiyo davlatlari guruhining a’zosi böladi. Biroq bu statuslar Falastinning BMTda tölaqonli a’zo bölganini anglatmasdi.
1989 yilda Jazoir, Mavritaniya, Nigeriya va Senegal YuNeSKOga murojaat qilib, Falastinni mustaqil davlat sifatida öz safiga qabul qilişini söraşadi. Biroq öşa paytda YuNeSKO AQŞ boşçiligidagi Ğarb davlatlarning bosimi ostida bu sörovni rad etadi.
1998 yilda BMT Boş assambleyasi Falastin masalasida yangi rezolyutsiya qabul qiladi. Unda Falastinga Boş assambleyadagi a’zolik böyiça qöşimça vakolatlar beriş nazarda tutilgandi.
Jumladan, Falastin vakillari Boş assambleya yiğinlarida tölaqonli qatnaşişi, qabul qilinadigan rezolyutsiyalarda hammuallif bölişi, Yaqin Şarqdagi muammolar muhokama qilinganda çiqişlar qilişi va boşqa vakolatlar közda tutilgandi.
Falastin rahbari Mahmud Abbos BMT yiğinida.
Foto: Getty Images
Öşanda bu rezolyutsiyani dunyoning 124 ta davlati qöllab ovoz beradi. Törtta davlat – Isroil, AQŞ, Marşall orollari va Mikroneziya qarşi çiqadi.
AQŞ bir tomondan Falastinning BMTga tölaqonli a’zo bölişi mumkinligini gapirsa, ikkinçi tomondan buni umuman xohlamaydi.
Jumladan, 2010 yilda AQŞ prezidenti Barak Obama BMT Boş assambleyasida sözlagan nutqida agar Arab-Isroil mojarosida kelişuvlarga erişilsa, bir yildan söng Falastin BMTga tölaqonli a’zo bölişi mumkinligi haqida gapiradi.
Biroq oradan bir yil ötgaç, AQŞ Falastin masalasida umuman teskari iş qiladi.
Ya’ni 2011 yil sentabrda Falastin BMTga tölaqonli a’zo böliş uçun navbatdagi arizani topşiradi. Biroq AQŞ bu masala Boş assambleyada körib çiqiladigan bölsa veto qöyişini ma’lum qiladi.
Öşa yili Falastin YuNeSKOning tölaqonli a’zosi böladi. Oradan bir yil ötib, 2012 yil 29 noyabr kuni BMT Boş assambleyasida Falastinni uşbu taşkilotga kuzatuvçi sifatida qabul qiliş masalasi ovozga qöyiladi.
Şunda 138 ta davlat Falastinni qöllab, 9 ta davlat qarşi ovoz beradi.Ular orasida AQŞ ham bor edi. 41 ta davlat betaraf qoladi. Şu tariqa 1988 yilda öz mustaqilligini e’lon qilgan Falastin oradan 24 yil ötib, mutlaq köpçilik ovoz bilan BMTda kuzatuvçi maqomiga ega böladi.
Falastin BMTda kuzatuvçi maqomini qölga kiritgaç, oradan bir neça oy ötib, 2013 yil 5 yanvarda Mahmud Abbos Falastin ma’muriyati nomini Falastin davlati deb özgartiriş haqidagi farmonga imzo çekadi.
Falastin bayroği Nyu-Yorkdagi BMT qarorgohi oldida.
Foto: stock.adobe.com
Falastin YuNeSKOga a’zo bölişi va bunga AQŞning qarşi çiqişi
2011 yil 31 oktyabrda BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bölimi bölgan YuNeSKO umumiy ovoz beriş yöli bilan Falastinni öz a’zoligiga qabul qiladi.
Bunga 107 davlat rozi, 52 davlat betaraf, 14 davlat qarşi böladi. AQŞ, Isroil, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Şvetsiya kabi davlatlar qarşi çiqqanlar tomonida edi.
Sal avval bu masala kun tartibiga çiqqanda, AQŞ agar Falastin taşkilot safiga qabul qilinsa, YuNeSKOga a’zolik badali tölamasligini bildiradi. Isroil Amerikaning bu işini qöllab-quvvatlaydi.
Öşa paytlarda AQŞ taşkilot uçun yiliga 70 million dollar atrofida mablağ ajratar va bu taşkilot xarajatlarining taxminan 20 foizi degani edi.
Şu örinda savol tuğiladi: Falastin YuNeSKOga tölaqonli a’zo qilib olinsa, bundan AQŞ manfaatlariga qanday zarar yetadi?
Gap şundaki, YuNeSKO Isroilni Falastinning bir qismini bosib olgan bosqinçi davlat deb hisoblaydi va hozirgi kunda Isroil nazoratida bölgan Quddus şahrining bir qismini ham Falastin hududi deb biladi.
AQŞga YuNeSKOning mana şu pozitsiyasi yoqmaydi va özining Yaqin Şarqdagi eng yaqin ittifoqçisi bölgan Isroilning tarafini olib, YuNeSKO bilan kelişmovçilikka bordi.
YuNeSKO boş qarorgohi.
Foto: stock.adobe.com
Öşanda, köpçilik AQŞ YuNeSKOga pul berişni töxtatsa bu taşkilotda moliyaviy qiyinçilik yuz berişi va taşkilot AQŞga yon berişini kutgandi.
Ammo YuNeSKO yon berişni istamaydi va agar AQŞ a’zolik badalini tölamasa, uni taşkilot işlarida ovoz beriş huquqidan mahrum qilişini e’lon qiladi.
AQŞ 2011 yildan YuNeSKOga a’zolik badalini tölaşni töxtatdi. Taşkilot ham öz sözida turib AQŞni ovoz beriş huquqidan mahrum qiladi. Keyinçalik, kelişmovçilik şu darajaga yetdiki, YuNeSKOning öziga yon berişidan batamom umidini uzgan AQŞ 2017 yilda bu taşkilot safidan çiqiş haqida qaror qabul qildi.
2018 yil 31 dekabrdan boşlab AQŞ YuNeSKO a’zoligidan rasman çiqib ketdi va şunçaki kuzatuvçi maqomida qoldi.
Ma’lumot örnida: AQŞ 1984 yilda Reygan boşqaruvi davrida ham YuNeSKOni «AQŞga qarşi xatti-harakatlar qilganlik»da ayblab, taşkilot safidan çiqqan va 2003 yilda qayta a’zo bölgan edi.
Voqealar rivojiga köra, YuNeSKO Falastinni öz safiga qöşib olişi, bundan norozi bölgan AQŞning bu taşkilotni moliyalaştirişni töxtatişi Barak Obama prezidentlik qilgan yillarga töğri keladi. AQŞning YuNeSKO a’zoligidan çiqib ketişi Donald Tramp prezidentlikka saylanganidan söng sodir bölgan.
Bu şuni anglatadiki, AQŞda kim va qaysi partiya vakili prezident bölişidan qat’i nazar Amerikaning Falastinga nisbatan yuritgan noxolis siyosati davom etavergan. Bu holat hanuzgaça davom etib kelyapti.
AQŞ prezidenti Kiçik Jorj Buöş va Isroil boş vaziri Şimon Peres.
Foto: alamy.com
Tramp davridagi AQŞning Falastinga noxolis siyosati va «Asr kelişuvi»
2011 yilda YuNeSKO a’zoligi, 2012 yilda BMTda kuzatuvçi maqomi oliş Falastin xalqaro maydonda yanada kengroq tan olinişiga sabab böladi. Buning ustiga, YuNeSKOning Falastinni deb AQŞ bilan ziddiyatga borgani va öz qarorida qat’iy turgani ham Falastinning foydasiga işladi.
Bu voqealar yaqin yillarda Falastin BMTning doimiy a’zosi böliş jarayonini ham tezlatib yuborişi mumkin. Buni vaqt körsatadi.
AQŞda Donald Tramp prezident bölgan 2016-2020 yillarda bu davlat Falastin bilan boğliq voqealarda noxolis siyosat yuritişda davom etdi.
Jumladan, YuNeSKOdan çiqib ketdi. Söng Falastinning yaqin yillarda BMTga tölaqonli a’zo bölişi mumkinligini inobatga olib, bunga qarşi «Asr kelişuvi» rejasini ilgari surdi.
Donald Tramp va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu
Foto: alamy.com
«Asr kelişuvi»da Falastinga nimalar taklif etilgandi?
Rejaga köra, Isroil, Falastinni ozod qiliş taşkiloti va HAMAS harakati «Yangi Falastin» deb nomlanadigan Falastin davlati taşkil etilişi haqidagi kelişuvni imzolaydi.
Bu davlat hududi bugun Isroil tomonidan egallab olinib, yahudiylar uçun turar joy qurilgan yerlardan taşqari, Iordan daryosining ğarbiy qirğoği va Ğazo sektorini öz içiga oladi.
Şuningdek, rejaga köra, Quddus bölinmaydi va «Yangi Falastin» hamda Isroilning umumiy poytaxti maqomini oladi. Şaharning arab aholisi Falastin davlati fuqarolari böladi. Ularga yahudiylarning uylarini, yahudiylarga esa arab uylarini sotib oliş taqiqlanadi.
«Yangi Falastin» Misrdan Ğazo sektori yaqinidagi yerlarni ijaraga oladi. Bu hududda aeroport, fabrikalar, qişloq xöjaligi işlari va savdo uçun hududlar yaratiladi.
Ijaraga olinadigan hududlarning ölçami va narxini kelişuvni qöllab-quvvatlovçi tomonlar – AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Fors körfazi davlatlari belgilaydi. Bu davlatlar «Yangi Falastin»ga milliy loyihalar uçun 5 yil davomida 30 mlrd dollar beradi.
«Asr kelişuvi»ga köra, Falastin davlatida armiya bölmaydi, faqat politsiya xodimlarida yengil qurollar böladi. Kelişuv imzolanganidan söng, HAMAS öz qurollarini topşiradi. Bir yil içida Falastinda saylovlar ötkaziladi. Iordan daryosi vodiysi Isroilga tegişli böladi.
Tramp taklif etgan «Asr kelişuvi»da Falastin hududi şunday bölişi belgilangandi.
HAMAS va Falastinni ozod qiliş taşkiloti takliflardan voz keçgudek bölsa, AQŞ falastinliklarga moliyaviy yordamni bloklab qöyadi. Agar Falastinni ozod qiliş taşkiloti kelişuvga rozi bölsa-yu, HAMAS rozi bölmasa, harakat yetakçilari javobgarlikka tortiladi. Mabodo Isroil va HAMAS örtasida ixtiloflar avj olsa, AQŞ Isroilni qöllab-quvvatlaşga va’da bergan.
«Asr kelişuvi»ga qarşilar
Donald Tramp va uning ma’muriyati tomonidan Falastinga taklif etilayotgan «Asr kelişuvi»ning tafsilotlari ommaga oşkor bölgaç, dunyodagi köplab davlatlar rahbarlari bu kelişuvda taklif etilgan rejalarga qarşi çiqdi.
Islom hamkorlik taşkiloti, Arab davlatlari ligasi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy yana boşqalar va Yevropa Ittifoqi vakillari unda ilgari surilayotgan rejalarni tanqid qilib çiqişdi.
Loyihani tanqid qilganlarning barçasi «Asr kelişuvi»da Isroil manfaatlari birinçi öringa qöyilib, Falastin manfaatlari mutlaqo inobatga olinmaganini bildirişadi.
Jumladan, Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel şunday deb bayonot beradi:
«Biz AQŞning Iordan vodiysi va ğarbiy sohildagi boşqa hududlarning anneksiyasi ehtimoli töğrisidagi bayonotlaridan xavotirdamiz. Xalqaro me’yorlar va BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalariga muvofiq, Yevropa Ittifoqi Isroilning 1967 yildan keyin bosib olingan hududlar ustidan suverenitetini tan olmaydi».
Yozep Borrel.
Foto: alamy.com
Yana bir ikkiyuzlamaçilik – elçixonalarning Quddusga köçirilişi
1947-1949 yillarda bölib ötgan Arab-Isroil uruşida ğalaba qozongan Isroil Falastin yerlarini özlaştirişni Quddusdan boşlaydi. Avvaliga uruş paytida BMT rezolyutsiyasiga zid ravişda bu şaharni bosib oladi.
Söng 1950 yil 23 yanvar kuni Isroil parlamenti Quddusni mamlakat poytaxti bölişi uçun ovoz beradi.
1967 yilda bölib ötgan Arab-Isroil uruşidan söng Isroil Quddusni töliq öz nazoratiga oladi. 1980 yilda Isroil parlamenti butun şaharni mamlakat poytaxti qiliş uçun ovoz beradi.
Isroil Quddusni öz poytaxti deb e’lon qilganidan söng 1995 yilda AQŞ Kongressi mamlakatning Isroildagi elçixonasini Tel-Aviv şahridan Quddusga köçiriş haqida qaror qabul qiladi.
Bu iş BMT rezolyutsiyasiga zid bölgani uçun xalqaro miqyosda tanqid qilinadi. Şu sababli öşa paytda AQŞ prezidenti bölib turgan Bill Klinton poytaxtni köçirişga şoşilmaydi.
Undan keyin AQŞ prezidenti bölgan Kiçik Jorj Buş (2001-2008 yillarda) va Barak Obama (2008-2016 yillarda) Yaqin Şarqda notinçlik kuçayişini e’tiborga olib, elçixonani Quddusga köçirişmaydi. Biroq hokimiyat tepasiga Donald Tramp kelgaç vaziyat özgaradi.
Özining çiqişlarida Isroil tomonida ekanini bot-bot ta’kidlagan, mustaqil Falastin davlatini yöq qiliş maqsadida «Asr kelişuvi» loyihasini taklif etgan Tramp 2017 yil 6 dekabr kuni Quddusni Isroil poytaxti deb tan olişini e’lon qiladi.
AQŞning ikkiyuzlamaçiligi şu bilan tugamaydi. 2017 yil 18 dekabr kuni BMT xavfsizlik kengaşining 15 a’zosidan 14 tasi Quddusning statusi özgarişiga va uning Isroil poytaxti bölişiga qarşi rezolyutsiya qabul qilinişi uçun ovoz beradi. Biroq AQŞ bu rezolyutsiyaga veto qöyadi.
Keyin esa elçixonani Tel-Avivdan Quddusga köçiradi va 2018 yil 14 may kuni uning oçiliş marosimini ötkazadi.
Öşandan buyon bir qança davlatlar özining Isroildagi elçixonasini Tel-Avivdan Quddusga köçirdi. Agar röyxatga e’tibor berilsa, ularning aksariyati Falastin mustaqilligini tan olmagan ğarb davlatlari ekanini köriş mumkin.