O‘zbekistonda koronavirusning «hindcha» shtammi aniqlandi
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlandi. Bu haqda Kun.uz’ga vazirlik axborot xizmati ma'lum qildi.

Yangi shtammni aniqlash ustida Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari ish olib borishgan. Mazkur shtamm hozirgacha dunyoning 74 davlatida aniqlangan edi. Koronavirusning “hindcha” shtammi tez yuquvchanligi bilan boshqa shtammlariga nisbatan xavfli deb hisoblanmoqda. Bu shtamm aniqlangan Hindiston davlatida hozirgi kunda 30 mln kasallanish, 390,2 ming o‘lim holati qayd etilgan.
23 iyun kuni Qozog‘iston hukumati bu shtamm mamlakat poytaxti Nur-Sultonga yetib kelganini ma'lum qildi. So‘nggi haftada shaharda kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 40 foizga oshgan, qator bemorlarning tahlil natijalari ularga yangi shtamm yuqqanini ko‘rsatgan. Qo‘shni davlatda so‘nggi bir kunda 1248ta kasallanish holati qayd etilib, 12 bemor vafot etdi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi esa so‘nggi bir kunda 442 kishida kasallik qayd etilib, 400ga yaqin bemor tuzalgani, bir nafar bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.
Mamlakatda yangi kasallanish holatlari soni kundan kunga oshmoqda, so‘nggi marta may oyi boshida 442tadan yuqori holat (+452) qayd etilgandi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3513 nafar bemor davolanmoqda.
Tavsiya etamiz
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi
O‘zbekiston | 10:52 / 05.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:02 / 04.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kellog: AQSh Rossiya bilan munosabatlarni qaytadan boshlamoqchi
Jahon | 09:51
-
Toshkent metrosida favqulodda chaqiruv tugmalari o‘rnatilmoqda
Jamiyat | 09:32
-
Livitt: Ukrainlarning qochqinlik maqomidan mahrum etilishi haqidagi xabar - feyk
Jahon | 09:21
-
Havas diskaunterlari tarmog‘i faoliyatining 6 yilligini nishonlamoqda
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

11:08 / 23.05.2021
Hindiston mamlakatda tarqalgan shtammni «hindcha shtamm» deb atamaslikni talab qildi

18:32 / 18.05.2021